$
11988.92 UZS
-30.16
153.49 UZS
-0.38
13663.77 UZS
-25.96
31° Kechasi 18°

G‘azo sektorida sulhdan keyin kamida 67 nafar bola halok bo‘ldi

17:58 / 21.11.2025

G‘azo sektorida oktyabr oyining boshida o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilingandan so‘ng kamida 67 nafar bola halok bo‘lgan, yana o‘nlab bolalar yaralangan. Bu haqda BMTning Bolalar fondi (YUNISEF) rasmiy vakili Rikardo Pires ma’lum qildi.

"Kecha G‘azo shahrida 7 bola o‘ldirilgani haqida xabarlar oldik. 11-oktyabrdan boshlab G‘azo sektorida kamida 67 bola halok bo‘ldi, o‘nlab bolalar yaralandi. Bu shuni anglatadiki, sulhdan keyin kuniga 2 bola halok bo‘lmoqda", — dedi u Jenevada o‘tkazilgan brifingda.

Rikardo Pires, shuningdek, yaqinlashayotgan sovuq ham bolalar sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirishi, ularning ko‘pi hanuzgacha chodirlar yoki vaqtinchalik boshpanalarda yashayotganligi, hatto, oilalarda yopinchiq ham yetishmasligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, bu holat nafas yo‘llari infeksiyalari ko‘payishiga  olib keladi. “4000 ga yaqin bola hali ham shoshilinch tibbiy evakuatsiyaga muhtoj”, — deya qo‘shimcha qilgan YUNISEF rasmiy vakili.

10-oktyabrda sulh e’lon qilingandan keyin Isroil Mudofaa Armiyasi (IDF) G‘azo sektoriga bir necha bor zarbalar bergan. IDF matbuot xizmati bu choralar o‘t ochishni to‘xtatish rejimini Falastin tomoni buzganligi bilan izohlanganini bildirgan.

G‘azo sektori rasmiylarining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, sulh kuchga kirganidan buyon isroillik harbiylar o‘t ochishni to‘xtatish rejimini 280 martadan ortiq buzgan. Bu harakatlar natijasida 312 kishi halok bo‘lgan, yana 760 kishi jarohatlangan.


Falastin-Isroil


														
														Isroil G‘azoga yordam olib ketayotgan 200 ga yaqin odamni qo‘lga oldi

Isroil G‘azoga yordam olib ketayotgan 200 ga yaqin odamni qo‘lga oldi

TRT xabariga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azoga gumanitar yordam yetkazishni maqsad qilgan “Global Sumud” nomli flotiliyaga huju…
17:32 / 30.04.2026

														
														“Trampning “Tinchlik kengashi” G‘azodagi Isroil hujumlarini to‘xtatishi kerak”, – XAMAS

“Trampning “Tinchlik kengashi” G‘azodagi Isroil hujumlarini to‘xtatishi kerak”, – XAMAS

19-fevral kuni Tinchlik kengashi yetakchilarining uchrashuvida a’zo davlatlar 5 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishi k…
17:47 / 18.02.2026

														
														Isroil Ramazon oyida Al-Aqso masjidiga kirishni qisman cheklamoqchi

Isroil Ramazon oyida Al-Aqso masjidiga kirishni qisman cheklamoqchi

Bu holatni Falastin ma’muriyati “din erkinligini cheklashga urinish” deb baholamoqda.
17:37 / 17.02.2026

														
														Isroil 1967-yildan buyon amalda bo‘lgan harbiy buyruqni bekor qildi

Isroil 1967-yildan buyon amalda bo‘lgan harbiy buyruqni bekor qildi

Bu qaror mamlakatga Falastin yerlarining “de-fakto anneksiyasi”ni tezlashtirish imkonini beradi.
10:35 / 17.02.2026

														
														Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Bu sulh tuzilganidan keyin qurbonlar soni bo‘yicha eng yirik zarba bo‘ldi.
12:35 / 01.02.2026

														
														G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi, ammo qirg‘inlar davom etmoqda

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi, ammo qirg‘inlar davom etmoqda

AQSh G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi.
18:15 / 15.01.2026

														
														Isroil XAMAS qurolsizlanmasa, G‘azoda harbiy amaliyot boshlashni rejalashtirmoqda

Isroil XAMAS qurolsizlanmasa, G‘azoda harbiy amaliyot boshlashni rejalashtirmoqda

Isroil Falastinning XAMAS guruhi 2025-yilgi sulhga muvofiq to‘liq qurolsizlanishdan bosh tortgani sababli G‘azo sektorida ya…
15:24 / 11.01.2026

														
														Isroil G‘azoga yana zarba berdi, qurbonlar bor

Isroil G‘azoga yana zarba berdi, qurbonlar bor

G‘azo fuqarolik mudofaasi agentligining ma’lum qilishicha, payshanba kuni Falastin hududida Isroil hujumlari kamida 13 kishi…
14:56 / 09.01.2026

														
														Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil Mudofaa kuchlari bayonotiga ko‘ra, 13-dekabr kuni Isroil kuchlari XAMASning qurol-yarog‘ ishlab chiqarish shtabi rahb…
10:36 / 14.12.2025

Bu ham qiziq

Toshkentda ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib oldi

Toshkentda ayol yo‘lning qatnov qismiga yotib oldi

Mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.
14:12 / 25.07.2026
Putin Rossiya Qurolli kuchlari sonini oshirish haqidagi farmonni imzoladi

Putin Rossiya Qurolli kuchlari sonini oshirish haqidagi farmonni imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Qurolli kuchlarining umumiy shtat sonini 2 426 130 nafarga yetkazishni nazarda tu…
10:28 / 28.07.2026
O‘zbekistonda yarim yilda 2,3 mingga yaqin YTH sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda yarim yilda 2,3 mingga yaqin YTH sodir bo‘ldi

2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 2 286 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘…
10:04 / 27.07.2026
Andijonda o‘zini “prezident oilasiga yaqin” deb tanishtirib, fuqarolarni aldagan guruhga hukm o‘qildi

Andijonda o‘zini “prezident oilasiga yaqin” deb tanishtirib, fuqarolarni aldagan guruhga hukm o‘qildi

Andijon viloyatida o‘zini “prezident oilasiga yaqin shaxs” sifatida tanishtirib, fuqarolarning turli masalalarini pul evazig…
09:40 / 28.07.2026
Haydovchilarga ogohlantirish: jarima ballarini o‘chirib berishni va’da qilayotgan firibgarlarga ishonmang

Haydovchilarga ogohlantirish: jarima ballarini o‘chirib berishni va’da qilayotgan firibgarlarga ishonmang

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXB) haydovchilarni jarima ballarini ma’lum to‘lov evaziga bazadan o‘chirib ber…
12:43 / 28.07.2026
15 yil ishlagan tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foizigacha subsidiya beriladi

15 yil ishlagan tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foizigacha subsidiya beriladi

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari …
16:10 / 27.07.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari so‘nggi o‘n yilda energetika sohasida juda katta islohotlar amalga oshirilganini ta’kidladi. Qonun va qar…
15:31 / 27.07.2026
Yig‘ilishda Surxondaryodagi bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi uchun joy noto‘g‘ri tanlangani tanqid qilindi. Gazni stansiyaga yetkazish uchun 300 m

Yig‘ilishda Surxondaryodagi bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi uchun joy noto‘g‘ri tanlangani tanqid qilindi. Gazni stansiyaga yetkazish uchun 300 m

Tashabbuskor bilan tuzilgan shartnoma shartlari puxta o‘rganilmagani qo‘shimcha xarajat yuzaga kelish ehtimolini paydo qilga…
15:49 / 27.07.2026
Qariyb 5 kg kannabisni qopda olib ketayotgan shaxs ushlandi

Qariyb 5 kg kannabisni qopda olib ketayotgan shaxs ushlandi

Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda qariyb 9 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi. Bu ha…
09:52 / 27.07.2026
Braziliya Tramp ma’muriyati vakillariga viza bermadi

Braziliya Tramp ma’muriyati vakillariga viza bermadi

Braziliya AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining ikki vakiliga viza berishni rad etdi. Bu haqda Reuters o‘z manbalarig…
11:50 / 26.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!