Shimoliy Koreyada konstitutsiyaga kiritilgan yangi o‘zgartishlarga ko‘ra, mamlakat yetakchisi Kim Chen In davlat rahbari sifatida qayta tasdiqlandi hamda unga yadro qurolidan foydalanish vakolati berildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yangilangan hujjat Kim Chen Inning Davlat ishlari raisi sifatidagi vakolatlarini kengaytiradi va zarur holatlarda yadro qurolini qo‘llash imkonini nazarda tutadi.
Shuningdek, konstitutsiyada Shimoliy Koreya “urushning oldini olish” maqsadida yadro dasturini rivojlantirishda davom etishi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!