Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida bir oilaning uch a’zosi ya’ni er, ayol va ularning farzandi o‘z xonadonida jonsiz holda topilgan.
Ma’lum qilinishicha, tumanning Galaravot mahallasidagi uylarning birida ayol 5 oylik chaqalog‘i bilan o‘lik holda topilgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, erning jasadi tomda, o‘zini osgan holatda topilgan.
“Borgan paytimda tez yordam xodimlari o‘sha yerda ekan. Keyin Ichki ishlar xodimlariga xabar berdim. Ular bilan ichkariga kirgan paytimizda bolasi bilan ayoli olamdan o‘tgan ekan. Keyinroq uy egasini topishdi, u o‘z joniga qasd qilgan ekan”, – deydi mahalla raisi.
Dastlabki xulosaga ko‘ra, er xotini va farzandini o‘ldirib, so‘gra yashash xonadonining tom qismida o‘z joniga qasd qilgan.
Oqsoqol shuningdek, bu oila mahalladagi namunali oilalardan biri bo‘lgani, oila boshlig‘i juda mehnatkash bo‘lib, o‘z mehnati bilan to‘y qilib, uylangani hamda uyini ham o’zi qurganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko’ra, yigitning bir singlisi va bir opasi bo‘lgan.
Ota nega o‘z ayoli va farzandini o’ldirgani, so‘ng nima sababdan o‘z joniga ham qasd qilgani hozircha ochiq qolmoqda.
Hozirda holat yuzasidan Oqdaryo tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!