“Samsung” kompaniyasi yangi “Galaxy S23” flagman smartfon seriyasini e’lon qildi. Kompaniya vakillari “Galaxy Unpacked” taqdimoti chog‘ida qurilmalarni taqdim etdi. Marosim korporasiyasining YouTube kanalida namoyish etildi.
Yangi smartfonlar qatoriga “Galaxy S23”, “Galaxy S23+” va “Galaxy S23 Ultra” kiradi. Seriya qurilmalari “Snapdragon 8 Gen 2” prosessori va 8 gigabayt operativ xotira bilan ta’minlangan.
Asosiy smartfon 6,1 dyuymli “Dynamic AMOLED 2X” displeyga ega bo‘lib, 120 gers chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi, 128 gigabaytlik disk, 50, 12 va 10 megapikselli linzali uch kameraga ega. Qurilma 3900 milliamper-soat quvvatga ega akkumulyatorni oldi. “Galaxy S23+” modeli asosiy smartfondan 6,6 dyuymli ekran va 4700 milliamper-soatli batareyaga egaligi bilan farq qiladi.
Seriyaning eng yaxshi telefoni 6,8 dyuymli displeyni oldi. “Galaxy S23 Ultra” 200, 12, va 10 megapikselli kameralar, 100 marta kattalashtira oladigan masshtabli kamera, 5000 milliamper-soatli batareyaga ega.
Seriyadagi eng hamyonbop qurilma – “Galaxy S23” narxi 799 dollar yoki taxminan 9 mln so‘mni tashkil qiladi. “Galaxy S23 Ultra” 1199 dollar yoki taxminan 13,5 mln so‘mga baholangan. “Samsung” o‘z veb-saytida flagmanlarga oldindan buyurtma berish imkoniyatini ochgan.
Avvalroq, “Samsung” kompaniyasi smartfonlar uchun turli yo‘nalishlarda buklanadigan egiluvchan ekranni taqdim etilgan edi.
Qayd etish mumkin, dekabr oyi oxirida “TechRadar” jurnalistlari 2023-yilda chiqarilishi kutilayotgan smartfonlarni sanab o‘tgan edi. Ro‘yxatga “Samsung Galaxy S23”, shuningdek, “Samsung Galaxy Z Fold 5”, “iPhone 15 Ultra”, “Google Pixel 8”, “Sony Xperia I V”, “Xiaomi 13 Pro” kiradi.
Eslatib o‘tish mumkin, “Samsung” so‘zi koreys tilida “uch yulduz” degan ma’noni anglatadi. Ehtimol, bu ism kompaniya asoschisi Li Byon Chulning uch nafar o‘g‘li bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ularning eng kichigi Li Gong Xi kompaniyani 1987-yilda barcha Sharqiy meros an’analarini buzgan holda egallab olgan, unga ko‘ra to‘ng‘ich o‘g‘li oila mulkining katta qismini meros qilib olishi kerak bo‘lgan. “Samsung”ning daromadi 2019-yilda 305 milliard dollar, 2020-yilda 107 milliard dollar va 2021-yilda 236 milliard dollarni tashkil qilgan. Kompaniyaning 2022-yilgi moliyaviy hisobot natijalari hali e’lon qilinmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!