Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan "Sharafli yo‘l" videoroliklar ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.
Tanlov “Eng yaxshi videorolik”, “Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik” va “Mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxshi videorolik” yo‘nalishlarida o‘tkazildi.
Bugun O‘zbekiston milliy kino san’at saroyida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida g‘oliblarga esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari topshirildi.
Shuningdek, bir guruh jurnalistlarga Uyushmaga a’zolik guvohnomalari taqdim qilindi.
Tadbir yakunida “Jurnalist” badiiy filmi namoyish etildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!