Prezident Shavkat Mirziyoyev OIIB Boshqaruvchilar kengashining to‘qqizinchi yig‘ilishi doirasida Hindiston Respublikasi moliya va korporativ ishlar vaziri Nirmala Sitxaraman boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Nirmala Sitxaraman davlatimiz rahbariga Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston-Hindiston strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Joriy yil noyabr oyida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda o‘tkazish hamda uning doirasida Sanoat kooperatsiyasi dasturini qabul qilish muhimligi qayd etildi.
Energetika, neft-kimyo, raqamlashtirish, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika sohalarida loyihalarni amalga oshirish, transport yo‘laklarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!