Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan, muqaddam sudlangan R.A. fuqaro K.K.ga 90 dona “Tropikamid” va 448 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 4 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi. Dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shuningdek, Departamentning Qibray tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Z. “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1,1 mln so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Uning xonadonidan yana 25 dona “Tropikamid” va 18 dona “Regapen” dorilari ashyoviy dalil sifatida musodara qilindi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!