O‘zbekistonning bir qator hududlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini yashirish yoki tarmoqqa qonunga xilof ravishda ulab berish evaziga pul talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta korrupsion holatlar fosh etildi.
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida elektr ta’minoti korxonasi elektromontyori fuqaroning xonadonida aniqlangan noqonuniy ulanish bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 6,7 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.Andijon viloyatida esa “Energosavdo” tuman bo‘limi mutaxassisi xonadonda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida hisoblangan 24,9 million so‘mlik zararni elektron tizimga kiritmaslik va holatni yashirish uchun 400 AQSH dollari talab qilib, pulni olgan vaqtida qo‘lga tushdi.Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida elektr tarmog‘i xodimlari tadbirkorga tegishli suv nasoslarini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab berish hamda keyinchalik «homiylik» qilish evaziga 4 million so‘m olgan vaqtlarida ushlangan.Surxondaryo viloyati Angor tumanida esa elektr ta’minoti korxonasi huquqshunosi fuqaroni noqonuniy elektr iste’moli bo‘yicha jarimaga tortmaslik va dalolatnoma tuzmaslikni va’da qilib, pul talab qilgan.
U oldindan mablag‘ning bir qismini olib, qolgan qismini olish jarayonida qo‘lga olindi.Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, mazkur holatlarning barchasi bo‘yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.Mutaxassislar ta’kidlashicha, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va bunday holatlarni yashirish davlat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi. Shu bois sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va hisob-kitob tizimlarini raqamlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!