$
11833.37 UZS
35.91
139.79 UZS
0.02
13577.61 UZS
-30.76
31° Kechasi 18°

Sherali Jo‘rayev “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi

19:20 / 12.04.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun qutlug‘ 75 yoshga to‘lgan O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevni “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Davlat rahbari ushbu sana munosabati bilan hofizga tabrik ham yo‘lladi. 

“El-yurtimiz Sizni butun hayotini o‘zbek madaniyati va san’atini rivojlantirishga bag‘ishlagan, o‘z ijodiy maktabini yaratgan ulkan va betakror iste’dod egasi, fidoyi va millatparvar shaxs sifatida yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi”, – deyiladi tabrikda.  
Sherali Jo‘rayev 50 yildan ziyod ijodi davomida “O‘zbegim”, “Sohibqiron”, “Egasi bor yurt”, “Karvon”, “Sarbon”, “Inson qasidasi” kabi 600 ga yaqin qo‘shiq yaratgan. Uning “Birinchi muhabbatim”, “Yoshligimiz”, “Oy yuzingga”, “Oshiqlar sardori”, “Do‘st bo‘lsang, yonimda tur” kabi ashulalari xalq qo‘shiqlariga aylanib ketgan.

Xonanda mumtoz shoirlar g‘azallarini kuyga solib, xalq merosini yosh avlodga va jahonga tanitishga ulkan hissa qo‘shgan. 

Sherali Jo‘rayev 1981-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, 1987-yilda “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvonlari, 2018-yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeniga sazovor bo‘lgan.


Bu ham qiziq

Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda Sepehran Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay shinalaridan biri yoril…
15:10 / 16.09.2026
16-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-sentyabr kuni respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, faqat respublikaning tog…
17:14 / 15.09.2026
Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishdi

“Yoshlarga zamonaviy ta’lim berib, kelajagi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochar ekanmiz, ayni paytda ularga vatan tuyg‘us…
17:25 / 15.09.2026
Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi jamoa bilan yirik loyihalarni muhokama qildi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva jamoa bilan muhim yo‘nalishlar va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi …
12:41 / 16.09.2026
Qashqadaryodagi qadimiy Odirmon shahar yodgorligidan noyob ostodon va altar topildi

Qashqadaryodagi qadimiy Odirmon shahar yodgorligidan noyob ostodon va altar topildi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Odirmon shahar arxeologik yodgorligida olib borilgan qazishmalar davomida diniy maro…
11:01 / 15.09.2026
Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga dron zarbasi berildi: 5 kishi halok bo‘ldi

Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga dron zarbasi berildi: 5 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati Nikopol tumanida yo‘lovchi avtobusiga dron orqali zarba berildi. Viloyat harbiy ma’muriy…
14:19 / 16.09.2026
Zelenskiy: Rossiya samolyotim Moldova havo hududida bo‘lganida ikki marta dron uchirgan

Zelenskiy: Rossiya samolyotim Moldova havo hududida bo‘lganida ikki marta dron uchirgan

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya uning prezidentlik samolyoti Moldova havo hududida bo‘lgan vaqtda ikki marta d…
10:47 / 16.09.2026
18-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

18-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-…
17:15 / 17.09.2026
Samarqandda bolalar kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

Samarqandda bolalar kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

21–22-oktyabr kunlari Samarqandda bolalar farovonligi va ularning kelajagiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan Butunjaho…
08:57 / 17.09.2026
“Atirgul” tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

“Atirgul” tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

Kuni kecha O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida  xotin-qiz jurnal…
09:22 / 16.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!