“Atirgul” tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi
Kuni kecha O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi bilan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida xotin-qiz jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Atirgul” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda tanlovning 12 ta nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi:
“Eng yaxshi televizion jurnalistik material uchun” nominatsiyasi g‘olibi —
Shahlo Ergashova, “O‘zbekiston” teleradiokanali “Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy” dasturlar bosh muharririyati katta muharriri;
“Eng yaxshi radio jurnalistik material uchun” nominatsiyasi g‘olibi — Dilfuza Berdiyeva, “Navoiy” telekanali informatsion, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, tok-shou va ko‘ngilochar dasturlar muharririyati suxandoni;
“Eng yaxshi bosma OAV materiali uchun” nominatsiyasi g‘olibi — Xalima Xalilaeva, “Vesti Karakalpakstana” gazetasining maxsus muxbiri.
“Eng yaxshi internet jurnalistika materiali uchun” nominatsiyasi g‘olibi — Milana Aksyonova, “Podrobno.uz” veb-sayti muharriri.
"Eng yaxshi ijtimoiy tarmoq loyihasi uchun" nominatsiyasi g‘olibi — Mo‘tabar Xushvaqtova, “O‘rik guli” internet loyihasi rahbari;
"Eng yaxshi surishtiruv jurnalistikasi uchun" nominatsiyasi g‘olibi — Gulmira Toshniyazova, “Kun.uz” internet nashri muxbiri;
"Eng yaxshi fotojurnalistika ishi uchun" nominatsiyasi g‘olibi — Xolida Musurmanova, “Yoshlar ovozi” gazetasi fotomuxbiri;
"Eng yaxshi hujjatli film yoki maxsus medialoyiha uchun" nominatsiyasi g‘olibi —Maxliyoxon Tojiyeva, “Ayol uchun” elektron platformasi asoschisi.
"Eng yaxshi yosh jurnalist uchun" nominatsiyasi g‘olibi — Muslima Amonqulova, “Mening yurtim” telekanali muxbiri;
"Eng yaxshi hududiy jurnalistik material uchun" nominatsiyasi g‘olibi — Dilrabo Kamolova, Toyloq tumani “Qo‘shchinor” gazetasi muxbiri.
"Jamoatchilik e’tirofi mukofoti" nominatsiyasi g‘olibi — Dildora Xasanova, “O‘zbekiston tarixi” telekanali oliy toifali rejissyori;
"Hakamlar hay’atining maxsus mukofoti" nominatsiyasi g‘olibi — Fotimaxon Mansurova, “Yangi Farg‘ona” gazetasi muxbiri.
Ularning ijodiy ishlari munosib e’tirof etilib, tashkilotchilar tomonidan diplom, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!