Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Kiril Ramafosaning taklifiga binoan, XXR raisi Si Szinpin 21-24-avgust kunlari Janubiy Afrikaga davlat tashrifi bilan boradi, shuningdek, Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadigan BRIKS ishtirokchi mamlakatlarining 15-sammitida ishtirok etadi.
BRIKS sammiti 22-24-avgust kunlari Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadi, u yerda Xitoy, Hindiston, Braziliya va Janubiy Afrika rahbarlari ishtirok etadi, Rossiya vakili esa tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bo‘ladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin sammitda videokonferensiya rejimida ishtirok etishini ma’lum qilgan.
BRIKS Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikani birlashtiradi, ammo so‘nggi paytlarda kamida 19 davlat, shu jumladan Argentina, Eron, Jazoir, Tunis, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr iqtisodiy blokga qo‘shilish istagini bildirmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!