So‘nggi bir oyda elektromobillar savdosi 63,5 foizga oshdi
O‘zbekistonda iyun oyida avtomobil bozori faollashdi. Ayniqsa, elektromobillar savdosi bir oy ichida 63,5 foizga oshib, umumiy avtotransport vositalari oldi-sotdisi 80 mingdan oshdi.
Yangi yengil avtomobillar savdosi 11 foizga o‘sib, 24 mingtani tashkil etdi. O‘sish asosan mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar hisobiga kuzatildi. Ularning savdosi 12 foizga oshib, 18,8 mingtaga yetdi.
Xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi esa 5,1 mingtani tashkil etib, bir oyda qariyb 7 foizga ko‘paydi.
Shuningdek, foydalanilgan yengil avtomobillar savdosi 16 foizdan ortiqqa oshib, 37 mingdan oshdi. Ikkilamchi bozor iyun oyida yengil avtomobillar bo‘yicha jami savdolarning 61 foizini tashkil etdi.
Hududlar kesimida eng yuqori o‘sish Surxondaryo (33,7%), Xorazm (32,6%), Sirdaryo (29%), Samarqand (28,3%), Qashqadaryo (26,2%) va Andijon (26%) viloyatlarida qayd etildi. Faqat Jizzax viloyatida oylik savdo hajmi 2,2 foizga kamaygan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!