$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Tana va miyani ozish jarayoniga tayyorlash uchun 7 tavsiya

10:49 / 26.10.2022

Har qanday ishda ruhan toʻgʻri moslashuv juda ham muhim. Bu qomatni “toʻgʻrilash” masalasiga ham taalluqli, albatta. Qancha ozmoqchisiz, 2 kilogrammi yoki 22, buning farqi yoʻq. Bu jarayonga miya va tanani qanday tayyorlash lozim?

Kim ham toʻgʻri ovqatlanishni yoki hech boʻlmaganda bu jarayonni nazorat qilishni, sport bilan shugʻullanishni va umuman, faolroq boʻlishni rejalamagan? Lekin nima uchun tanlagan yoʻlimizdan burilib ketamiz? Ehtimol, buning naqadar muhimligini tushunib yetmayotgandirmiz? Buning uchun esa miya va tanani oʻzgarishlarga toʻgʻri tayyorlay olish lozim.

1. Aniq maqsadlar qoʻying

Buning oʻrniga biz oldimizga mavhum masalalarni qoʻyamiz. “Qanday qilib ozsam boʻladi?”, degan savol juda keng tarqalgan. Aniqroq oʻylab koʻrishga harakat qiling. Misol uchun, “Yoqtirgan koʻylagimning chiroyli turishi uchun bir oyda 3 kilogramm ozishni istayman”. Bu endi aniq maqsad. Uni amalga oshirish uchun haftalik taomlar umumiy kaloriyasini bor-yoʻgʻi 3500 kkalga kamaytirish va haftasiga 3 marta sport bilan shugʻullanishni boshlash kifoya qiladi.

Bu borada matematik hisob-kitob juda ham muhim. Misol uchun, marafonga tayyorgarlik koʻrish uchun haftasiga 3 marta 1-1,5 soatdan 1 oy shugʻullanish kerak. 7 kilometrlik masofani osongina bosib oʻtish uchun 7 hafta mobaynida haftasiga 3 marta 40 daqiqadan yugurish lozim. Agar maqsad va uning yoʻllari aniq belgilab olinsa, harakat qilish ancha oson kechadi.

2. Taomingizga eʼtibor bering

Har bir odamning badani turli miqdorda quvvat ishlatadi. Ana shuni hisoblab chiqmasdan turib, ozish qiyin kechadi. Bir kunda qancha kaloriya ishlatishingizni aniqlab oling.

Misol uchun, siz 18-20 yosh oraligʻida boʻlsangiz, yoshingizni 6,7 ga koʻpaytiring va unga 487 ni qoʻshing. Agar yoshingiz 31dan katta boʻlsa, ogʻirligingizni 4 ga koʻpaytiring va unga 829 ni qoʻshing. Natijani faollik koeffitsentiga koʻpaytiring: 1,3 (agar siz kompyuter oldida ishlasangiz va kam harakatda boʻlsangiz), 1,5 (agar siz haftada 2-3 marta sport bilan shugʻullansangiz), 1,6 (agar siz haftada 4-5 marta sport bilan shugʻullansangiz), 1,9 (agar professional sportchi boʻlsangiz).

Hosil boʻlgan raqamlar – bu sizning optimal ogʻirligingizni saqlab turishga hissa qoʻshuvchi kundalik meʼyoriy kaloriyangiz miqdori. Ozishni istaysizmi? Kamroq kaloriya qabul qiling va koʻproq sarflang. Biroq ocharchilik eʼlon qilmang, u holda moddalar almashinuvi sekinlashadi. Yaxshisi kuniga 3-4 xil taom yeyishni rejalab oling. Bu juda ham zarur. Taomlarni uyingizda tayyorlab, konteynerga solib olingda, ishga ham olib keting.

3. Badanni tayyorlang

Jismoniy mashqlar – jarayonning ajralmas qismi. Biroq unga birdaniga kirishib ketish mumkin emas. Badanni yuklamaga tayyorlash lozim. Agar siz ilgari mashq qilmagan boʻlsangiz, oddiy yurishdan va oson mashqlardan boshlang. Undan keyin yoga, pilates va akvaaerobika singari tinch mashqlarni bajarishga kirishing. Ana undan soʻng jiddiy oraliqli yoki kuch ishlatiluvchi mashqlarga oʻtsangiz boʻladi. Haftada hech boʻlmaganda 1 kun sport bilan shugʻullanmasdan, dam oling.

4. Achinmang va oʻzingizni oqlamang

Oʻz-oʻzingiz uchun oʻta qattiq va ayovsiz tanqidchiga, sudyaga aylaning. “Men juda koʻp ishlaganimdan stressni his qilyapman va, albatta, shirinlik yeyishim kerak, shuning uchun oza olmayman. Sport bilan shugʻullanishga esa vaqtim yoʻq”, qabilidagi oqlashlar esa hammasini barbod qiladi. Odatlarni oʻzgartirish juda qiyin. Oʻzgarishlarni eplaganga chiqargan.

5. Ishlaringizni tartibga soling

Jadvalning yoʻqligi quvvatni boshqarishga xalaqit beradi. Oʻzingizni yumush va rejalardagi tartibsizlik ham ishga, ham shaxsiy hayotga salbiy taʼsir qilishiga ishontiring. Qolaversa, tartibsizlik faqat zarar berishi haqiqatdir.

6. Atrofdagilarga quloq solmang

“Hozirning oʻzida 5 kilometrga yugura olmaysan, chunki sen juda ham yalqovsan (semizsan), ertalab nonushtaga pishiriq yeding”. Bunday kesatiqlarni ota-onamizdan, oʻqituvchilarimizdan yoki hamkasblarimizdan eshitishimiz mumkin. Xuddi mana shu kabi soʻzlar yaxshi boshlamalarni ildizi bilan yulib tashlashi mumkin.
Ehtimol, ular haqdir. Aynan bugun siz 5 kilometrga yugura olmassiz, ehtimol, 2 yarim kilometrga yugurarsiz. Yugurayotib, charchaganingizni his qilib dam olish ishtiyoqi paydo boʻlganida, birdaniga “ikkinchi nafas” paydo boʻlib finishgacha borarsiz. Nega endi sinab koʻrmaslik kerak?

7. Oʻzingizdan ustun keling

Siz istagan vaqtingizda toʻxtab qolishingiz mumkin. Buni jarayon ogʻir kechayotganini his qilgan zahotingiz istab qolasiz. Oʻshanda orqaga chekinishingiz va odatdagidek shokoladli-kofeli parhezga qaytishingiz, yoki doʻkonga borib foydali va mazali salat sotib olishingiz mumkin.
Qiyinchiliklarni bartaraf etish – hazilakam ish emas. Qolaversa, omadsizlikdan qoʻrqish bizni yanada zaiflashtiradi. Misol uchun, yuqoriga koʻtarilib tushish mashqlarida holsizlanib qolsangiz oʻsha joyning oʻzida toʻxtatib, orqaga qaytishingiz mumkin... Yoki mashqni yana 2-3 marta qaytarsangiz oʻzingizdan ustun kelasiz va “ikkinchi nafas” ochilib, ishtiyoq bilan mashq qilishda davom eta boshlaysiz.


salomatlik


														
														2025-yilning 6 oyi davomida tez yordamga qancha murojaat kelib tushdi?

2025-yilning 6 oyi davomida tez yordamga qancha murojaat kelib tushdi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu bo‘yicha rasmiy statistikani taqdim etdi
21:26 / 08.07.2025

														
														Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

Zamonaviy bolalik: ortiqcha vazn epidemiyasi va uning ildizlari

So‘nggi o‘n yillikda texnologiya, ovqatlanish madaniyati va turmush tarzi keskin o‘zgardi. Afsuski, bu o‘zgarishlar faqat qu…
17:21 / 07.05.2025

														
														Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Har kuni millionlab insonlar telefonga tikilgancha, tun yarmida ham uyg‘oq yurishmoqda. Kimdir ishdan charchagan, kimdir esa…
17:23 / 26.04.2025

														
														Gipertoniya: Bemorlar qanday tavsiyalarga amal qilishi kerak?

Gipertoniya: Bemorlar qanday tavsiyalarga amal qilishi kerak?

Gipertoniya – eng ko‘p uchraydigan yurak-qon tomir kasalliklaridan biri. Uni o‘z vaqtida davolamaslik infarkt, insult va yur…
16:30 / 15.01.2025

														
														“3,5 milliard odam og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda” – JSST

“3,5 milliard odam og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda” – JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi hisobot berdi. Unga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘i patologiyalari — yuqumli bo‘lmagan kasa…
12:56 / 30.11.2024

														
														Husnbuzarlarning chiqishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Husnbuzarlarning chiqishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Ko‘p qahva ichish stress uchun mas’ul bo‘lgan kortizol gormoni ishlab chiqarishni oshiradi. Shu sabab husnbuzar va dog‘larni…
15:57 / 23.11.2024

														
														JSST: Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

JSST: Superbakteriyalar yiliga 1,3 million kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda

Dunyoda infeksiyalarning antibiotiklarga chidamli turlari ko‘paymoqda. Bu esa insoniyat hayoti, salomatligi va epidemiologik…
10:42 / 20.11.2024

														
														Olimlar tomonidan saraton bo‘yicha salbiy taxminlar e’lon qilindi

Olimlar tomonidan saraton bo‘yicha salbiy taxminlar e’lon qilindi

Charlz Stert universiteti olimlari saraton bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi va uning natijalari JAMA Network Open jurnalida cho…
11:57 / 08.11.2024

														
														Homiladorlikda shakar kam yeyilsa, bolada qandli diabetga chalinish xavfi kamayadi

Homiladorlikda shakar kam yeyilsa, bolada qandli diabetga chalinish xavfi kamayadi

Euronews nashrining yozishicha, Kanadadagi Makgill universiteti, AQShdagi Berkli Kaliforniya universiteti va Janubiy Kalifor…
11:30 / 06.11.2024

														
														Havo ifloslanishi bo‘yicha jahon antirekordi yangilandi

Havo ifloslanishi bo‘yicha jahon antirekordi yangilandi

Pokiston poytaxti havo ifloslanishi bo‘yicha antirekordni yangiladi.
10:13 / 04.11.2024

Bu ham qiziq

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
20:24 / 15.07.2025
“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi

“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi

Unda 823 ta mahallaga tanaffus berildi.
09:19 / 15.07.2025
Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Axborot xizmati rahbari Raufjon Rasulov ma’lum qildi
21:25 / 15.07.2025
Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Siyosatchining fikriga ko‘ra, bu urushda baribir imkoniyatlar noteng bo‘lib qolmoqda
19:54 / 15.07.2025
15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi
23:10 / 14.07.2025
Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025
Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

U xonadonida konserva mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.
16:07 / 15.07.2025
Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar jabrlanganlardan besh nafariga kuyish tashxisi qo‘yilgan.
11:59 / 16.07.2025
Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Zangezur bahsi: AQSh vositachilikka kirishib, yo‘lni ijaraga olmoqchi

Taklif Yerevan va Boku o‘rtasidagi muzokaralardagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan.
10:41 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!