$
12023.46 UZS
-42.76
₽
149.44 UZS
-0.3
€
13461.47 UZS
17.29
31° Kechasi 18°

Tanzila Norboyeva BAA Federal milliy kengashi raisi bilan uchrashdi

15:59 / 03.02.2023

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklarida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Qayd etilishicha, tashrif doirasida savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm masalalari bo‘yicha hujjatlar, shuningdek, 10 mlrd AQSh dollaridan ortiq miqdorda savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi bitimlar imzolandi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalar ham jadal rivojlanmoqda. Senat Raisi boshchiligidagi delegatsiyaning BAA Federal milliy kengashi raisi Saqr G‘obash bilan uchrashuvi ham bo‘lib o‘tgan.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va BAA parlamentlari o‘rtasidagi munosabatlar izchilligini ta’minlash, xususan, qonun ijodkorligi va parlament nazorati yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashilgan. Shuningdek, gender tenglik va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish maqsadga muvofiq ekanligi bildirilgan.

2 BAA Federal milliy kengashi _005.jpg

Senat Raisi Tanzila Norboyeva parlamentlararo hamkorlik mamlakatlar o‘rtasidagi barcha darajadagi aloqalarni rivojlantirishda muhim mexanizmlaridan biri hisoblanishi, oliy darajada erishilgan kelishuvlar asosida qabul qilingan “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosi ustidan tizimli parlament nazoratini o‘rnatish hamda bu sohada Amirliklar parlamenti bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va “xalq diplomatiyasi”ning muhim jihati hisoblangan “do‘stlik guruhlari” faoliyatini jonlantirish lozimligini ta’kidlab o‘tgan.

Ikki davlat parlamentlari a’zolari hamkorlikning turli yo‘nalishlarida hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘pligini, iqtisodiyotning turli sohalaridagi tajribadan keng foydalanish zarurligini ta’kidladi. Bunda parlamentlarning birgalikda savdo-iqtisodiy, investitsiya, xizmatlar sohasidagi erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishiga xizmat qiladigan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

6 BAA Federal milliy kengashi _004.jpg

O‘z navbatida, BAA Federal milliy kengashi Raisi Saqr G‘obash O‘zbekiston rahbariyati tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli, avvalambor, aholini ijtimoiy himoyalash, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish yo‘nalishidagi islohotlarni yuqori baholadi. S.G‘obash ikki tomonlama munosabatlarda savdo-iqtisodiy, investitsiya sohasidagi hamkorlik Amirliklar uchun ustuvorligini aytib o‘tdi. Prezident Sh.Mirziyoyev ushbu muhim masalaga alohida e’tibor berayotganini inobatga olib, BAA Federal milliy kengashi O‘zbekistonda investitsiya qonunchiligini takomillashtirish sohasida Oliy Majlis vakillari bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

Suhbat davomida keng qamrovli hamkorlik, shu jumladan, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi bildirildi. Xususan, Oliy Majlis Senati Federal milliy kengashi bilan oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, tegishli qo‘mitalar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, elektron parlament joriy etishda tajriba almashish kabi masalalar bo‘yicha kelishib oldilar.

7 BAA Federal milliy kengashi _007.jpg

“Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar, turistik va boshqa aloqalarni rivojlantirishga hamda mustahkamlashga qaratilgan parlament faoliyatini, parlamentning qonun ijodkorligi va nazorat funksiyalarini samarali amalga oshirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy, turistik va boshqa sohalarda qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini rivojlantirish borasida axborot va tajriba almashishni kengaytirish kabi masalalarni qamrab olgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Birlashgan Arab Amirliklari Federal milliy kengashi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi”, – deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Farğona va Toşkentda noqonuniy bosmaxonalar aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Farğona viloyati va Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida kontrafakt dini…
12:06 / 28.10.2026
Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Sasseks gersoginyasi Megan Markl 2025-yilda otasi Tomas Marklga maktub yozib, uning farzandlari bilan uçraşişiga ruxsat berm…
13:34 / 27.10.2026
Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan şahri bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy ele…
22:50 / 30.10.2026
31-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

31-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kuzatilmaydi.
17:44 / 30.10.2026
30-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

30-oktyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika böylab havo özgaruvçan böladi, ayrim joylarda yoğingarçilik kuzatilmaydi.
17:45 / 29.10.2026
Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryoda işga oliş uçun 4,5 mln söm pora olgan direktor 2 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida matematika öqituvçisini işga qabul qiliş va unga dars soatlari ajratiş evaziga 4,5 m…
23:17 / 30.10.2026
AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari Tinç okeanida qayiqqa zarba berdi: beş kişi halok böldi

AQŞ harbiylari 27-oktabr kuni Tinç okeanining şarqiy qismida narkotik moddalar taşişda gumon qilingan qayiqqa zarba berdi. H…
14:53 / 28.10.2026
V “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblari 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun kuraşmoqda

V “Zakovat-Gambit” turniri ğoliblari 620 million sömlik sovrin jamğarmasi uçun kuraşmoqda

Poytaxtimizda rekord darajadagi 5831 nafar şaxmatçini özida jamlagan V «Zakovat-Gambit» turnirining hal qiluvçi final öyinla…
09:57 / 30.10.2026
Toşkentda is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 kişi halok böldi

Toşkentda is gazidan zaharlaniş oqibatida 6 kişi halok böldi

Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida 25-oktabr kuni is gazidan zaharlaniş oqibatida olti kişi vafot etdi, yana ikki kişi…
16:40 / 28.10.2026
Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Bu haqda, Prezident Administratsiyasi rahabri özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi. Xöş, bu tizimlar foydalanu…
14:54 / 27.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!