AQSh Oliy sudi Texas hukumatiga yaqinda qabul qilingan eng qattiq immigratsiya qonunlaridan birini amalga oshirishga ruxsat berdi. Bu haqda “BBC news” xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu politsiyaga Meksika chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda gumon qilingan shaxslarni hibsga olish va jinoiy javobgarlikka tortish imkonini beradi. Oq uy qonunni konstitutsiyaga zid deb atagan. AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tish federal jinoyat hisoblanadi, ammo bunday ishlar odatda fuqarolik qonunchiligiga binoan immigratsiya sudlarida ko‘riladi.
Texasda SB4 qonunining bahsli bo‘lishining sabablaridan biri shundaki, sudlar avvalroq alohida shtatlar emas, balki faqat federal hukumat immigratsiya qonunlarini qo‘llashi mumkin, degan qarorga kelgan.
SB4 mahalliy politsiyaga chegarani noqonuniy kesib o‘tishda gumon qilingan har qanday odamni to‘xtatish va hibsga olish vakolatini beradi. Jazolar orasida qamoq yoki 2000 dollargacha jarima ham bor.
AQShdan deportatsiya qilinganidan keyin Texasga noqonuniy ravishda kirganlar uchun jazolar ancha qattiqroq bo‘ladi. Xususan, shaxsning immigratsiya tarixi va jinoiy kelib chiqishiga qarab 20 yilgacha qamoq jazosi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!