TikTok PTE LTD kompaniyasi (Singapur) Oʻzbekistonda soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtdi. Bu haqda Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasida keltirib o‘tilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Oʻzbekistonda 2021-yil yozida TikTok, Twitter, Skype, WeChat va Vkontakte tarmoqlariga cheklov qoʻyilgandi. Bunga “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan 27-1-modda sabab boʻlgandi. Unga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsiga doir maʼlumotlar jisman Oʻzbekiston hududida joylashgan serverlarda saqlanishi belgilangan. Bu talabni ayni paytgacha birorta global ijtimoiy tarmoq bajargani maʼlum emas.
2021-yilning 3-noyabrida Telegram, YouTube, Instagram, Facebook va Odnoklassniki tarmoqlariga ham toʻsiq qoʻyilgan va bu katta rezonansni keltirib chiqargan edi. Natijada toʻsiq shu kunning oʻzida olib tashlanib, qator mansabdorlar ishdan olingandi.
Ayni paytda Shaxsga doir maʼlumotlar subyektlari huquqlarini buzuvchilar reyestrida faqat TikTok qolgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!