21-iyun kuni tog‘li hududlarda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hududidan oqib o‘tuvchi Obizarang daryosida suv sathi keskin ko‘tarildi. Natijada M-41 “Bishkek – Dushanbe – Termiz” xalqaro avtomobil yo‘lida joylashgan ko‘prik qulab tushdi. Ma’lum qilinishicha, sel oqimi Anorzor mahallasi hududidagi ko‘prik tayanchlariga jiddiy zarar yetkazgan.
Dastlabki texnik ko‘rikka ko‘ra, inshoot konstruksiyalarida og‘ir shikastlanishlar qayd etilgan. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mazkur yo‘nalishda transport harakati to‘liq vaqtincha to‘xtatildi. 1977-yilda qurilgan ushbu ko‘prik Tojikiston bilan bog‘lovchi muhim tranzit yo‘laklardan biri bo‘lib, u orqali soatiga 600–800 ta transport vositasi harakatlangan. Hozirda mutasaddi idoralar va muhandis-texnik guruh voqea joyida ish olib bormoqda. Ko‘prik holati o‘rganilmoqda, zarar ko‘lami baholanmoqda hamda harakatni tiklash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda. Vaziyat to‘liq nazorat ostida ekani ma’lum qilindi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!