Muddatidan avval pley-off masalasini hal qilgan Meksika terma jamoasi Chexiyani 3:0 hisobida mag‘lub etib, guruh bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunladi.
Kunning eng katta sensatsiyasi esa Janubiy Koreya termasining JARga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgani bo‘ldi. Ushbu g‘alaba afrikaliklarga pley-off yo‘llanmasini taqdim etdi.
Endilikda Janubiy Koreya qolgan guruhlardagi uchinchi o‘rin egalari natijalarini kutishga majbur bo‘ladi. Koreyslarning mag‘lubiyati B guruhida uchinchi o‘rinni egallagan Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga ham pley-off yo‘llanmasini kafolatladi.
JCH—2026. A guruhi. 3-tur. 24-iyun
JAR — Janubiy Koreya 1:0
Gol: Maseko (63).
Chexiya — Meksika 0:3
Gollar: Chaves (55), Kinones (61), Figaldo (90+4).
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!