$
11911.71 UZS
-29.94
₽
146.49 UZS
-1.16
€
13319.67 UZS
-63.34
31° Kechasi 18°

Toshkentga kirib kelayotgan qariyb yarim tonna yaroqsiz go‘sht to‘xtatib qolindi

11:03 / 18.04.2022

Joriy yilning 11-aprel kuni viloyat hududidagi “Sirdaryo” YPX maskanida Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida “Qashqadaryo – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib o‘tayotgan “Neksiya-1” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida to‘xtatilib tekshirilganda, Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Torjilg‘a qishlog‘ida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan, fuqaro E.Sh boshqaruvidagi avtotransport yuk xonasida hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi nomaʼlum bo‘lgan 446 kg hayvon go‘shti borligi aniqlandi.

Ushbu go‘sht mahsulotlari viloyat Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga olib kelinib, laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilganda, isteʼmolga yaroqsiz ekanligi maʼlum bo‘ldi.

Isteʼmolga yaroqsizligi to‘g‘risida laboratoriya xulosalari olindi.

Ushbu go‘sht mahsulotlari viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining tegishli xulosasiga asosan ko‘mish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Fuqaro E.Sh boshqaruvidagi “Neksiya-1” rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rish uchun Sirdaryo viloyati IIB JXX YXHB jarima maydoniga qo‘yildi.

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB JQB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi qadimiy tobutdan topilgan skelet kimga tegişli ekani aniqlandi

Londondagi Vestminster abbatligidan topilgan, qariyb 150-yildan beri sir bölib kelgan skelet XI asr boşlarida yaşagan Vestmi…
10:20 / 03.11.2026
Toşkentda Spark yonib ketdi

Toşkentda Spark yonib ketdi

Keça, 2-noyabr kuni Toşkent şahrining Şayxontohur tumanida Spark avtomobilida yonğin sodir böldi. Bu haqda Toşkent şahar Fav…
12:51 / 03.11.2026
Özbekistonda yiliga kamida 30 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda

Özbekistonda yiliga kamida 30 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda

Özbekistonda har yili kamida 30 ming nafar mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda. Bunin…
12:21 / 02.11.2026
Mirziyoyev: “Özbekiston uçun, özbeklar uçun birov kelib heç narsa qilib bermaydi”

Mirziyoyev: “Özbekiston uçun, özbeklar uçun birov kelib heç narsa qilib bermaydi”

Prezident Şavkat Mirziyoyev Italiyada işlaş uçun tayyorlanayotgan özbekistonlik hamşiralar bilan uçraşdi. Ular kelasi yil ya…
15:00 / 02.11.2026
Xazonlarni yoqmang, tabiatni va özingizni zaharlamang!

Xazonlarni yoqmang, tabiatni va özingizni zaharlamang!

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi dala maydonlarida anğiz, xazon, şox-şabba va boşqa ösimliklar qoldiqlariga öt qö…
10:08 / 02.11.2026
Samarqandda tiriklayin kömilgan erkak 28 kunlik komadan söng vafot etdi

Samarqandda tiriklayin kömilgan erkak 28 kunlik komadan söng vafot etdi

Samarqand viloyati Payariq tumanida bir guruh şaxslar tomonidan kaltaklanib, tiriklayin kömib yuborilgan 32 yoşli erkak 28 k…
09:30 / 04.11.2026
Fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimi xususiy sektorga ötkaziladi

Fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimi xususiy sektorga ötkaziladi

Özbekistonda fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimini eng işonçli xususiy bandlik agentliklariga töliq ötkaziş rejalaşt…
15:03 / 02.11.2026
Özbekistonda Germaniyaga işga yuboriş uçun 10 ming kişi kasb va nemis tiliga öqitiladi

Özbekistonda Germaniyaga işga yuboriş uçun 10 ming kişi kasb va nemis tiliga öqitiladi

Özbekistonda kelasi yili 10 ming nafar fuqaroni kasb va nemis tiliga öqitib, Germaniyada işga joylaştiriş rejalaştirilmoqda.…
12:14 / 02.11.2026
Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma tuşdi, Özbekistondan 2 ming kişi işga joylaşdi

Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma tuşdi, Özbekistondan 2 ming kişi işga joylaşdi

Germaniyadan 2026-yil davomida Özbekistonga 45 ming nafar mutaxassis böyiça buyurtma kelib tuşgan. Biroq hozirgaça atigi 2 m…
12:07 / 02.11.2026
“Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi

“Zakovat-Gambit” şaxmat turniri ğoliblari taqdirlandi

Mamlakatning intellektual salohiyati nafaqat iste’dod egalarining yutuqlari, balki har bir insonning qobiliyatini yuzaga çiq…
14:29 / 31.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!