Diqqat! Ösimliklar qoldiqlarining yoqilişi natijasida atmosfera havosiga juda köp miqdorda (toksik) zaharli moddalar — uglerod oksidi (SO), azot oksidi (NOx), azot 2 oksidi (NO2), benz(a)piren dioksin, dibenzofuran, oltingugurt oksidi, fosgen kabi atrof-muhit va inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazuvçi zaharli moddalar ajralib çiqadi. Qolaversa, olovning yuqori harorati ta’sirida tuproq tarkibidagi makro va mikroelementlar yöqoladi, tuproq unumdorligi kamayadi.
Unutmang! Dala maydonlariga öt qöyiş qonunga köra qat’iy taqiqlangan, bu kabi huquqbuzarliklar MJtKning tegişli moddalariga köra bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravarigaça miqdorda ma’muriy jarimaga sabab böladi. Şuningdek, yonğin sodir bölgan ekin maydonlarining har bir gektariga yetkazilgan zarar böyiça amaldagi tartib asosida iqtisodiy çoralar belgilanadi.
Ma’lumot uçun, “Özbekkosmos” agentligi davlat kosmik monitoringi dasturi doirasida somonpoyalar yoqilişi holatlarini hamda huquqbuzarlarni aniqlaş va ularga qarşi tezkor çora köriş böyiça hamkorlikda işlar olib borilmoqda.
Hurmatli fermerlar, dehqonlar va yer egalari! Dala maydonlaridagi xazonlar va ösimliklar qoldiqlarini yoqmang, atrof-muhit va insonlar salomatligiga zarar yetkazmang! Aksinça, ösimliklar qoldiqlaridan köçatlarni kompostlaş, mulçalaşda yoki çorvaçilik ehtiyojlari uçun foydalaning. Tabiatni asraş — kelajakni asraşdir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!