$
11820.40 UZS
-36.95
139.05 UZS
-0.27
13684.48 UZS
-61.75
31° Kechasi 18°

Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

10:44 / 21.07.2026

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadada ishlab chiqarilgan vinolardan tortib xokkey tayoqchalari va sementgacha bo‘lgan ayrim tovarlarga 50 foizlik boj joriy etdi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.

Mazkur qaror Kanadaning Amerika mahsulotlariga nisbatan “kamsituvchi munosabati”ga javoban qabul qilingan.

“Shu tariqa, prezident Tramp Kanadaning Amerika savdosiga nisbatan kamsituvchi munosabati tufayli yuzaga kelgan yuk va kamchiliklarni qoplaydi hamda Amerikaning eng muhim eksport tovarlari — avtomobillar, alkogol va sut mahsulotlari uchun teng raqobat sharoitlarini yaratadi”, deyiladi xabarda.

Yangi bojlar energiya manbalari, kaliyli o‘g‘itlar, baliq va muhim minerallarga daxl qilmaydi, ammo ilgari AQSH, Meksika va Kanada o‘rtasidagi kelishuv (USMCA) bilan bojlardan himoyalangan mahsulotlarga ta’sir qiladi.

Tramp ma’muriyatining yuqori martabali amaldorlari Kanadani adolatsiz savdo amaliyotida ayblab, uning provinsiyalari AQSHdan spirtli ichimliklar sotib olishni to‘xtatganini, AQSH avtomobillariga bojlar joriy etganini va Amerika pishlog‘ini “kamsitgani”ni ta’kidladi.

Kanada AQSHning ikkinchi yirik savdo sherigi bo‘lib, o‘tgan yili ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 716 milliard dollarni tashkil etdi.

Oq uy matbuot xizmatining ta’kidlashicha, Trampning harakatlari Kanadani javobgarlikka tortishga qaratilgan, sababi uning “kamsituvchi munosabati mehnatkash amerikaliklar ahvolini qiyinlashtirib, ularni noqulay vaziyatga solgan”.

Cheklovlar Kanada mahsulotlarining aksariyatiga ta’sir qiladi.

“Prezident o‘tgan yilning boshida amalga oshirgan savdo siyosatiga faqat ikki davlat — Xitoy va Kanada javob choralarini ko‘rgandi”, dedi AQSH prezidenti ma’muriyatining yuqori martabali rasmiysi Financial Times nashriga.

Gazeta Trampning qarori yangi “Shimoliy Amerika savdo urushi”ni keltirib chiqarishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

13-iyul kuni Tramp Kanada hukumatini o‘rmonlardagi chiqindilarni tozalashdan bosh tortishda aybladi. U mazkur holat AQSHda havoning ifloslanishiga olib kelishini aytib, Kanadaga ushbu “beparvolik” uchun bojlarni oshirish bilan tahdid qildi.

Yanvar oyi oxirida Tramp Kanadaga, agar u Xitoy bilan savdo bitimi tuzadigan bo‘lsa, AQSHga olib kiriladigan barcha tovarlariga 100 foizlik bojlar qo‘llanishini aytdi. Shuningdek, Kanada bosh vaziri Mark Karnini “gubernator” deb atadi.

AQSH prezidenti ikkinchi muddatining boshidayoq eksportining 75 foizi Shtatlar hissasiga to‘g‘ri keladigan Kanadaga nisbatan bojlar joriy qilgan edi. 2025-yil 1-avgustdan boshlab Tramp umumiy bojni 35 foizgacha oshirdi. Ilgari, 2025-yil mart oyidan boshlab, aksariyat mahsulotlarga 25 foizlik stavka amal qilib kelayotgandi.


Siyosat


														
														Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Tramp yana Eronga zarbalarni bekor qildi

Oq uy rahbari Donald Tramp Yaqin Sharq mamlakatlarining iltimosiga binoan Eronga beriladigan zarbalarni vaqtincha to‘xtatish…
16:19 / 02.08.2026

														
														Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

Tramp Kanada tovarlariga 50 foizlik boj joriy etdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanadada ishlab chiqarilgan vinolardan tortib xokkey tayoqchalari va sementgacha bo‘lgan ayrim …
10:44 / 21.07.2026

														
														Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

Tramp JCH tugashi bilanoq Eronni bombardimon qilishni buyurdi

AQSH prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finali bo‘lib o‘tgan stadionni tark etganidan bir …
10:26 / 20.07.2026

														
														Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi

Manchesterning sobiq meri Endi Byornem Buyuk Britaniyadagi hukmron Leyboristlar partiyasining yangi rahbari etib saylandi.
11:38 / 18.07.2026

														
														Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga nomi o‘yib yozilgan to‘pponcha sovg‘a qildi

Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga nomi o‘yib yozilgan to‘pponcha sovg‘a qildi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqarada o‘tgan NATOning 36-sammiti yakunida alyans yetakchilariga ularning ismi o…
12:31 / 09.07.2026

														
														Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalar bekor qilinishini e’lon qildi

Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalar bekor qilinishini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 7-iyul kuni Anqarada bo‘lib o‘tayotgan NATO sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib E…
10:04 / 08.07.2026

														
														“Yo kelishamiz, yo ishni oxiriga yetkazamiz”. Tramp Eronga yana tahdid qildi

“Yo kelishamiz, yo ishni oxiriga yetkazamiz”. Tramp Eronga yana tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp 6-iyul kuni Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda Eron bilan muzokaralar borasida keskin bayonot …
12:35 / 07.07.2026

														
														AQSh va Eronning Dohadagi muzokaralari yakunlandi

AQSh va Eronning Dohadagi muzokaralari yakunlandi

Qatar poytaxti Doha shahrida AQSH va Eron o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi bilvosita muzokaralar yakunlandi.
08:52 / 02.07.2026

														
														BMT Isroilning G‘azodagi harakatlari bo‘yicha hisobot e’lon qildi

BMT Isroilning G‘azodagi harakatlari bo‘yicha hisobot e’lon qildi

BMTning xalqaro komissiyasi Isroilni falastinliklarga nisbatan genotsid sodir etishda ayblovchi hisobotni e’lon qildi. Hujja…
08:24 / 24.06.2026

														
														BAA OPEKdan so‘ng yana bir xalqaro tashkilotni tark etdi

BAA OPEKdan so‘ng yana bir xalqaro tashkilotni tark etdi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Arab neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OAPEK) safidan chiqdi. Bu haqda tashkil…
09:17 / 05.05.2026

Bu ham qiziq

Xitoyda qishloq uyining bir qismi qulab tushdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda qishloq uyining bir qismi qulab tushdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Sichuan provinsiyasida oilaviy tadbir vaqtida uyning bir qismi qulab tushishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 17 k…
09:54 / 19.08.2026
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirtirdi

“Rossiya Federatsiyasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mixail Evdokimov Tashqi ishlar vazirligi…
17:31 / 18.08.2026
Qurilish asboblari ichidan sintetik narkotik moddalar aniqlandi

Qurilish asboblari ichidan sintetik narkotik moddalar aniqlandi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xod…
16:08 / 19.08.2026
18-avgust kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

18-avgust kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘ladi?

18-AVGUSTGA OB-HAVO PROGNOZI17-avgust soat 20:00 dan 18-avgust soat 20:00 gacha
17:34 / 17.08.2026
Britaniyada bedarak yo‘qolgan mushuk 10 yil o‘tib uyiga qaytdi

Britaniyada bedarak yo‘qolgan mushuk 10 yil o‘tib uyiga qaytdi

Buyuk Britaniyada 2016-yilda bedarak yo‘qolgan Charli ismli mushuk 10 yil o‘tib o‘z uyiga qaytdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
17:15 / 17.08.2026
Test natijasidan norozi abituriyentlar apellyatsiya berishi mumkin

Test natijasidan norozi abituriyentlar apellyatsiya berishi mumkin

Test natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 15–24-avgust kunlari my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali onlayn tar…
13:32 / 16.08.2026
Yarim yilda O‘zbekistonga 9,3 mlrd dollar pul o‘tkazildi

Yarim yilda O‘zbekistonga 9,3 mlrd dollar pul o‘tkazildi

2026-yilning yanvar—iyun oylarida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali O‘zbekistonga 9,3 mlrd dollar mablag‘ kelib tushdi. Bu haq…
13:27 / 16.08.2026
19-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

19-avgust kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat ke…
17:19 / 18.08.2026
Tarkibida psixofaol va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlar fosh etildi

Tarkibida psixofaol va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlar fosh etildi

Toshkent xalqaro aeroportida kannabis moyi va psixofaol qo‘ziqorinlar aniqlandi
09:40 / 19.08.2026
8 davlat Isroilni G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasini buzishda aybladi

8 davlat Isroilni G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasini buzishda aybladi

Iordaniya, BAA, Indoneziya, Pokiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar va Misr tashqi ishlar vazirlari qo‘shma bayonot bil…
17:18 / 17.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!