O‘zbekiston Transport vazirligining Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidagi binosi onlayn auksionda 187,7 milliard so‘mga sotildi.
Auksion bir soat-u 17 daqiqa davom etdi. “Samarador” MChJ boshlang‘ich narx (110,4 mlrd so‘m) dan 70 foiz ko‘proq taklif qilgan holda g‘olib chiqdi.
Ushbu MChJ 2017-yilda Qoraqalpog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan. Uning barcha ulushi tadbirkor Baxtiyor Mahkamovga tegishli. Mahkamov, shuningdek, Euroroads, Vision soft, Cyber soft space, Nomadiary, Angelvest, Euro-road kabi kompaniyalarda ham ulushlarga egalik qiladi.
Transport vazirligi boshqa idoralar singari qurilishlar yakunlangach, Yangi Toshkentga ko‘chib o‘tadi. Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha ijro etuvchi organlar bosqichma-bosqich Yangi Toshkentga ko‘chirilishini ma’lum qilgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!