Turkiya Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi. Bu Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning farmonida aytilgan. Hujjat rasmiy hukumat gazetasi – “Resmi gazetasi”da chop etilgan.
“Oddiy xorijiy pasportga ega bo‘lgan Tojikiston fuqarolarining Turkiyaga sayohatlarida vizasiz rejimni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, – deyiladi prezident farmonida.
Avvalroq, Moldova hukumati matbuot xizmati rahbari Daniel Vode Moldova deyarli barcha MDH mamlakatlari bilan viza rejimini bekor qilish to‘g‘risida ikki tomonlama shartnomalar imzolaganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha faqat Tojikiston va Qirg‘iziston bilan amaldagi shartnoma mavjud emas. U ushbu davlatlar bilan ham ish olib borilayotganini ta’kidlagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!