Izmir viloyatida o‘rmon yong‘inlarini o‘chirayotgan vertolyot suv omboriga qulab tushdi. Bu haqda Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yumakli xabar berdi.
“Ekipajning uch a’zosi bedarak yo‘qolgan, yana bir kishi qutqarib olingan”, – deyiladi xabarda.
Vazirning soʻzlariga koʻra, aloqa bir kun avval mahalliy vaqt bilan soat 23:53 (Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:53) da uzilgan.
“Tekshiruvdan so‘ng, vertolyot Menderes mintaqasidagi o‘rmon yong‘inini o‘chirish uchun suv olib ketayotgani va Taxtali suv omboriga qulagani ma’lum bo‘ldi”, – deb yozadi Yumakli X ijtimoiy tarmog‘ida.
Hozirda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Huquq-tartibot idoralari xodimlari, qirg‘oq qo‘riqlash xizmati va tabiiy ofatlarni bartaraf etish bo‘yicha rasmiylar jalb etilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!