Bugun, 28-avgust kuni Ukraina qoʻshinlari mamlakatning janubiy-sharqida joylashgan Rabotino qishlogʻini Rossiya askarlaridan ozod qildi. Ukraina qoʻshinlari Rossiyaning janubdagi mustahkam mudofaa chizigʻini yorib oʻtgan. Shu tariqa ukrainlar qarshi hujumda oldinga tezroq siljishlari mumkin.
Rabotinoning Rossiya askarlaridan qaytarib olinganini Ukraina Mudofaa vaziri oʻrinbosari Anna Vasilevna Maliar ham tasdiqladi.
Aholi punkti Zaporojye viloyatidagi Orixov shahridan 10 km janubda, Rossiya tomonidan bosib olingan avtomobil va temir yoʻl tarmogʻi markazi – Tokmak shahriga olib boradigan yoʻlda joylashgan. Ukraina Mudofaa vaziri oʻrinbosari Maliarning bildirishicha, qoʻshin mamlakat janubi-sharqidagi Mala Tokmachka aholi punkti tomon harakatlanmoqda.
Rabotinoning qaytarib olingani Rossiya tomonidan tasdiqlanmadi. Avgust oyida NATOning yuqori martabali harbiy rahbarlari va Ukraina generallari oʻrtasida mamlakatning harbiy strategiyasini qayta tiklash boʻyicha uchrashuv oʻtkazilgani Rossiya tomonidan tasdiqlangan edi.
Shuningdek, Ukraina qoʻshinlari sharqdan ham qarshi hujumga oʻtyapti. Biroq sharq tomonda ukrainlarning oldinga siljishi juda sekin kechmoqda. Sababi, ular rossiyaliklarning mina va xandaqlariga duch kelishyapti.
Mudofaa vaziri oʻrinbosarining bildirishicha, bir necha oylik shiddatli janglardan soʻng deyarli vayronaga aylangan Baxmutdan janub tomonga siljish ham davom etadi. Qolaversa, Baxmutning 1 kv.km maydoni ruslardan qaytarib olingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!