Ukrainaning davlat qarzi 98 milliard dollardan oshdi.
Bu haqda mamlakat moliya vazirligi ma’lum qildi.
Avgust oyi natijalariga ko‘ra, Ukrainaning davlat qarzi 1,24 milliard dollarga oshgan.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi qarz bir oy davomida 52,21 milliard dollardan 53,44 milliard dollarga, ichki qarz 34,49 milliard dollarga o‘sdi, kafolatlangan davlat qarzi esa 10,10 milliard dollarni tashkil etdi.
Avvalroq Moliya vaziri Sergey Marchenko Ukraina byudjeti daromadining atigi uchdan bir qismi o‘z manbalari hisobidan, qolgan uchdan ikki qismi esa xorijiy grantlar va kreditlar hisobidan shakllantirilganini aytgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!