$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Uyqusizlik inson salomatligi uchun qanchalik xavfli?

15:58 / 19.09.2023

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo aholisining 30 foizi 8 soatdan kam uxlaydi. Agar inson yetarli miqdorda dam olmasa, bu diqqatni jamlash va ma’lumotni eslab qolish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Shuningdek, inson uyqusiz holatda qancha uzoq vaqt qolsa, tanada ko‘proq o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi.

Odamlar yoshi, sog‘lig‘i, turmush sharoiti va ovqatlanishiga qarab uyqusizlikka turlicha toqat qiladilar. Masalan, bolalar va o‘smirlar kattalarga qaraganda ko‘proq uyquga muhtoj. Bolalikdagi uyqusizlik yomon o‘qish qobiliyatiga, muloqot va ijtimoiylashuvdagi muammolarga, salbiy odatlar va xavfli munosabatlarning rivojlanishiga, jismoniy o‘sish va rivojlanishning kechikishiga olib kelishi mumkin.

Aksariyat odamlar 24 soatlik uyqusizlikdan keyin quyidagi alomatlarni his qila boshlaydilar.

Tana harorati pasayadi;
stress gormonlari darajasi: kortizol va adrenalin ortadi;
qon shakar darajasi ko‘tariladi (insulin darajasi pasayadi);
mushaklarda kuchlanish paydo bo‘ladi;
uyqu va dam olishning tabiiy aylanishi buziladi, bu o‘sishni, ishtahani, metabolizmni va immunitetni tartibga soluvchi gormonlar ishlab chiqarishni buzadi;
ko‘rish va eshitish yomonlashadi;
dunyo haqidagi tasavvur o‘zgara boshlaydi.

Bunday holatda miya stress ostida bo‘ladi, shuning uchun u energiyani tejashga harakat qiladi va “mahalliy uyqu” holatiga kiradi – ba’zi neyronlarni vaqtincha o‘chiradi. Shu sababli, uyquchanlik va asabiylashish paydo bo‘ladi, diqqatni jamlash, muvofiqlashtirish, fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyati yomonlashadi, shuningdek, xotira yomonlasha boshlaydi. Ishtaha va yuqori kaloriyali ovqatlarga bo‘lgan ishtiyoq kuchayadi.

Kaliforniyalik psixiatrlar tadqiqotlariga ko‘ra 30 soat uyqusizlikdan so‘ng, odamlar his-tuyg‘ulari yanada yomonlashadi.

Ma’lumki, inson qanchalik uzoq vaqt uyg‘oq bo‘lsa, uyqu yetishmasligining salbiy ta’siri shunchalik kuchli bo‘ladi. Ikki kundan so‘ng kuchli charchoq paydo bo‘ladi. Shu sababli, miya beixtiyor mikro uyquga kira boshlaydi, ya’ni bir necha soniya davom etadigan to‘liq ongni yo‘qotishning qisqa davrlari.

Uyqusizlik davri uzaya boshlagani sari, salbiy ta’sirlar shunchalik kuchli bo‘ladiki, inson hushyorlikni batamom yo‘qotadi.
Ruhiy buzilishlar paydo bo‘lishi mumkin: paranoya, psixoz, depressiya.
Aqliy qobiliyatlar shu darajada kamayadiki, hatto oddiy ishlarni ham bajarish qiyin.
Odamda xotira muammolari bor. Misol uchun, u harakatning o‘rtasida nima qilayotganini unutishi mumkin.
Dunyo idroki o‘zgaradi: gallyusinatsiyalar va illyuziyalar paydo bo‘ladi.

Inson uyqusiz qancha vaqt yashashi mumkin?

Bu haqda aniq aytish qiyin. Hushyor turish bo‘yicha eng mashhur rekordchi Rendi Gardner hisoblanadi. U 1963-1964 yil qishda maktabdagi ilmiy loyiha doirasida 264 soat uxlamagan, ya’ni 11 kun.

Rendi hushyor turish uchun hech qanday kimyoviy stimulyator qabul qilmadi. Garchi uning jismoniy holati yaxshi bo‘lsa-da, uxlamaslik aqliy qobiliyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Uyqusizlikning to‘rtinchi kunida Gardnerda gallyusinatsiya kuzatila boshlagan: u o‘zini Amerika futbol ligasi o‘yinchisi sifatida tasavvur qilib, yo‘l belgisini odam deb o‘ylagan.

Ushbu eksperiment natijalarini Arizonalik psixiatrlar o‘rganishdi. Ular Rendi Gardnerning miyasi ba’zi neyronlarni navbatma-navbat o‘chirish va yoqish orqali doimiy uyg‘oqlikka moslashgan degan xulosaga kelishdi. Ushbu tajribadan so‘ng Ginnesning rekordlar kitobi bunday yutuqlarni qayd etishni to‘xtatdi.

Shunga qaramay, Gardnerning rekordini yangilashga urinishlar davom etdi. 2007 yilda 42 yoshli britaniyalik Toni Rayt 274 soat uyqusiz yashadi, biroq unda salbiy alomatlar nisbatan kamroq kuzatilgan.

Hatto doimiy ravishda me’yordan kam uxlash ham inson salomatligi uchun zararli. Biroq nazorat qilinadigan uyquni cheklash tananing normal faoliyat va dam olish davriga qaytishiga yordam beradi. Kognitiv xulq-atvor terapiyasi bilan birlashtirilganda, bu davolash usuli samarador ekani isbotlangan.

Ba’zan ish, imtihon yoki qiziqarli teleserial uchun dam olish vaqtini qurbon qilishimiz haqiqat. Ammo shuni unutmaslik kerakki, yetarli uyqu bizning sog‘lig‘imiz uchun zarur shartlardan biridir.


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026
Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqini kafolatlovçi yangi tartib joriy etiladi. Unga köra, banklar fu…
16:18 / 19.11.2026
Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash yig‘ilishi…
13:59 / 19.11.2026
Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasida ötirib, uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan mahkum va uning…
16:10 / 19.11.2026
O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda…
14:46 / 19.11.2026
Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3,1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vosital…
09:27 / 20.11.2026
Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Jizzaxdagi AES qurilişi uçun 2,2 milliard dollarlik quriliş materiallari talab etiladi

Özbekistonda yirik strategik loyihalarni mahalliy quriliş materiallari bilan ta’minlaş böyiça yangi vazifalar belgilandi. Xu…
15:26 / 20.11.2026
Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026
Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!