UzAuto Motors rus bozoriga Chevrolet Tracker krossoveri va Onix sedanini yetkazib berishni boshlaydi.
Gazeta.ru’ning kompaniyadagi manbasiga tayanib xabar berishicha, Tracker avtomobilining ilk partiyasi 2022-yilning dekabri yoki 2023-yilning yanvarida Rossiya bozorlariga chiqariladi. Onix yetkazib berilishi esa 2023-yilning yoz oylariga rejalashtirilmoqda.
Chevrolet Tracker krossoveri O‘zbekiston bozorlariga joriy yil sentyabridan, Onix sedani esa kelgusi yilning martidan sotuvga chiqariladi.
Ma’lumot uchun, Chevrolet Tracker Xitoyda 2019-yildan 119 ming yuan (202,8 mln so‘m) narxda sotuvga chiqarilgan. Onix‘ning xalqaro miqyosdagi sotuvi ham ayni shu yilda boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, kompaniya avvalroq O‘zbekiston bozoriga chiqarilayotgan Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobillarini magnitolasiz yetkazib berishini ma’lum qilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!