JCh-2022 dagi qoniqarsiz ishtirokdan so‘ng ham Germaniya futboli rahbariyati hamda futbolchilar murabbiyga ishonadi.
Xansi Flik Germaniya terma jamoasidan haydalmaydi - unga DFB va futbolchilar ishonch bildiradilar.
Sport1.de xabariga ko‘ra, Germaniya terma jamoasi jahon chempionatining pley-off bosqichida ishtirok eta olmaganiga qaramay, 57 yoshli mutaxassisning iste’fosi haqidagi masala hatto muhokama qilinmayapti. Germaniya futbol assotsiatsiyasi (DFB) ijroiya qo‘mitasi a'zolari hamon Flikga ishonishadi. Murabbiyni Germaniya terma jamoasining ko‘plab futbolchilari yuqori baholaydilar.
Biroq, DFB prezidenti Bernd Noyendorf Flickdan Germaniyaning JCh-2022dagi natijalarini imkon qadar tezroq tahlil qilishini va Yevro-2024 ga tayyorgarlik ko‘rishdagi muammolarga yechim taklif qilishini kutmoqda.
Keyingi hafta Frankfurtda Flick va DFB rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!