“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bilan raqobat haqida qanday fikrda ekanligini aytdi.
Yaqin yillardan buyon futbol jamoatchiligi aynan 22 yoshli norvegiyalik va 24 yoshli fransuz yaqin yillar ichida futbol olamining yangi “Krishtianu Ronaldu va Lionel Messisi”ga aylanishini taxmin qilishdi.
“Ronaldu va Messi muvaffaqiyatlari bilan bir-biriga turtki boʻlgani kabi, Mbappe bilan raqobatim ham ijobiy boʻlishi mumkin, ammo men hech qachon oʻzimni hech kim bilan solishtirmayman”, – dedi Xoland.
Eslatib oʻtish mumkin, futbol boʻyicha 2022-yilgi soʻnggi jahon chempionatida Kilian Fransiya terma jamoasida oʻynab, turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan edi.
“Uch ranglilar” jahon chempionati finaliga qadar yetib borishdi va Argentina terma jamoasiga penaltilar seriyasida magʻlub boʻlishdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!