$
12199.10 UZS
30.12
160.49 UZS
0.6
14585.24 UZS
-2.93
31° Kechasi 18°

Yana bir huquqbuzarlik haqida xabar berganlar uchun moddiy rag‘bat va’da qilindi

11:07 / 15.04.2022

Hukumatning joriy yil 14-apreldagi tegishli qarori bilan Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, yer nazorati hokimliklar tomonidan, Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi.

Kadastr nazoratini esa Kadastr agentligi olib boradi.

Yer nazorati quyidagi asoslarga ko‘ra 10 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi:

– yer monitoringida qonunchilik buzilishi kuzatilganda;

– elektron tizim orqali va aerokosmik suratlarni solishtirishda qonun buzilishi qayd etilganda;

– yer qonunchiligi buzilishiga oid murojaatlarga ko‘ra;

– OAV yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida;

– sud va boshqa organlarga yerga oid huquqbuzarlik haqida axborot kelib tushganida.

Kadastr nazorati kadastrni yuritishga masʼul organlar tomonidan Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun axborot berish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastrga oid qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishdan iborat.

Qayd etilishicha, yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar BHMning 10 foizi (27 ming so‘m) miqdorida rag‘batlantiriladi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar O‘zbekistonda 6 turdagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlarga 13,5 ming so‘mdan 1 mln 890 ming so‘mgacha bo‘lgan mukofot pullari beriladigan tartib amal qilib kelayotgan edi.


Bu ham qiziq

Buxorodagi ikki qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Buxorodagi ikki qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 31-yanvar kuni gaz chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
11:43 / 31.01.2026
31-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

31-yanvar kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
16:00 / 30.01.2026
Insoniy birodarlik ramzi: 2026-yilgi “Zayed” mukofoti va global birdamlik yo‘lidagi qadamlar

Insoniy birodarlik ramzi: 2026-yilgi “Zayed” mukofoti va global birdamlik yo‘lidagi qadamlar

Dunyoning eng nufuzli nashrlaridan biri bo‘lgan CNN Arabic sahifasida “Insoniy birodarlik bo‘yicha Zayed mukofoti”ning ahami…
16:17 / 30.01.2026
1-fevraldan Toshkent metrosining yana 19 ta bekatida kassalar yopiladi

1-fevraldan Toshkent metrosining yana 19 ta bekatida kassalar yopiladi

Kassalar o‘rniga bir martalik QR-chipta beruvchi infokioskalar o‘rnatilishi belgilangan.
17:54 / 30.01.2026
Chet elliklar uchun o‘zbek tilidan imtihon joriy etiladi

Chet elliklar uchun o‘zbek tilidan imtihon joriy etiladi

Kamida B1 darajali sertifikatga ega shaxslar 2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston fuqaroligini olishda davlat tili bo‘yic…
12:24 / 30.01.2026
Toshkent dunyoning havosi eng iflos shaharlar reytingida yana 1-o‘rinda

Toshkent dunyoning havosi eng iflos shaharlar reytingida yana 1-o‘rinda

Toshkent havosida mayda PM 2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 184.5 mkg/m kubni tashkil etgan.
11:48 / 30.01.2026
Toshkentdagi savdo markazida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi savdo markazida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 31-yanvar kuni soat 15:47 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasida joylashgan Aviator Korzinka binosi…
16:29 / 31.01.2026
Toshkentda xayriya qutisi o‘g‘irlab ketildi

Toshkentda xayriya qutisi o‘g‘irlab ketildi

Mazkur holatga Toshkent shahar IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
17:14 / 31.01.2026
Istanbulda ilk o‘zbek maktabi quriladi

Istanbulda ilk o‘zbek maktabi quriladi

Mazkur dargoh O‘zbekistonning xorijdagi ilk ta’lim muassasasi bo‘ladi.
16:54 / 30.01.2026
Google’dagi dollar kursi bilan bog‘liq holatga Markaziy bank izoh berdi

Google’dagi dollar kursi bilan bog‘liq holatga Markaziy bank izoh berdi

Google platformasida AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi qisqa muddatga 6 778 so‘m sifatida noto‘g‘ri aks etdi. Biroz vaq…
12:39 / 30.01.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!