$
12017.04 UZS
26.78
160.63 UZS
-1.6
13712.64 UZS
-25.8
31° Kechasi 18°

Yangiyo‘lda Xitoy bilan hamkorlikda qiymati 120 mln dollarlik chiqindini qayta ishlash zavodi quriladi

14:41 / 03.03.2025

Shu kunlarda Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi. Asosiy maqsad savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kuchaytirish borasida bir qator manfaatli uchrashuvlar o‘tkazishdir.

Hozir Toshkent viloyatida 700 dan ortiq Xitoy kapitali asosidagi qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. Ularda o‘n minglab o‘zbekistonliklar mehnat qilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining XXRdagi elchixonasida Zoyir Mirzayev Shandun provinsiyasi tadbirkorlari bilan muloqot qildi. Muzokaralarda sanoat, qurilish, maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari xususida so‘z borgan.

Shuningdek, aholi dam olish maskanlari, xiyobon va istirohat bog‘larini qayta tiklanuvchi energiyaga o‘tkazish, “Xitoy tajribasi” asosida qayta jihozlash borasida fikr almashilgan. Muzokaralarda Shandun provinsiyasi ilmiy-ommabop tadqiqotlar assotsiatsiyasining bosh kotibi Su Chjitszyun, “Sky Success International Investment Co.” va “Sky Asia International Investment Limited” kompaniyasi direktori Sun Xayfen, “Zhongru Ke Xinda Construction Group Co.” qurilish kompaniyasi bosh direktori Gao Szyunxay singari 10 dan ortiq taniqli tadbirkorlar ishtirok etgan.

Toshkent viloyati hokimligi va “Beijing China sciences runyu environmental technology co ltd” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, Yangiyo‘l shahrida qiymati 120 million dollar bo‘lgan chiqindini qayta ishlash zavodi qurish rejalashtirilgan. Loyiha ishga tushsa kuniga 800 tonna chiqindi yoqish orqali ishlaydigan elektr stansiyasi aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Mazkur loyihani kelgusida yanada kengaytirib, kunlik quvvatini 4 ming tonna chiqindini zararsiz yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Yaratilayotgan ish o‘rni 150 nafardan ortadi. Stansiya to‘liq quvvat bilan ishga tushganida, 400 million dollar sarmoya olish kutilmoqda.

Toshkent viloyati delegatsiyasi vakillari keyingi manzili Anxoy provinsiyasi Xefey shahri bo‘lib, u yerda ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


O‘zbekiston


														
														Toshkentda qalbaki 10 ming AQSH dollarini sotgan shaxs ushlandi

Toshkentda qalbaki 10 ming AQSH dollarini sotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritishga uringan shaxs qo‘lga olindi.
14:13 / 24.06.2026

														
														Soliq qo‘mitasi bank kartalaridagi yirik pul tushumlari bo‘yicha izoh berdi

Soliq qo‘mitasi bank kartalaridagi yirik pul tushumlari bo‘yicha izoh berdi

Soliq qo‘mitasi bank kartalariga kelib tushayotgan yirik mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar yuzasidan jamoatchilik orasida payd…
14:06 / 24.06.2026

														
														O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi etib tayinlangan Ashraf Xodjayev Efiopiya Prezidenti Taye Atske-Selassiyega is…
14:01 / 24.06.2026

														
														Andijon polkasi Ginnes rekordlari kitobiga kirish arafasida

Andijon polkasi Ginnes rekordlari kitobiga kirish arafasida

Andijon viloyati yana bir tarixiy madaniy voqeaga mezbonlik qildi. Viloyat markazida 20 ming nafar ishtirokchi qatnashgan ul…
10:56 / 24.06.2026

														
														“Bugun ham jamoam bilan faxrlanaman” — Fabio Kannavaro

“Bugun ham jamoam bilan faxrlanaman” — Fabio Kannavaro

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Portugaliyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng futbolchilarining ha…
02:53 / 24.06.2026

														
														Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi

“Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–115-son, 23.06.202…
17:47 / 23.06.2026

														
														24-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

24-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
17:18 / 23.06.2026

														
														“Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir”, – Saida Mirziyoyeva

“Bilimli qiz nafaqat o‘z hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini o‘zgartirishga qodir”, – Saida Mirziyoyeva

Bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, ularning yarmi…
16:52 / 23.06.2026

														
														Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur narkotik moddalar Rossiya Federatsiyasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.
14:01 / 23.06.2026

														
														Namanganda go‘sht yetishtirish hajmi va sifati oshmoqda

Namanganda go‘sht yetishtirish hajmi va sifati oshmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Namangan qo‘ychilik klasteri” faoliyati bilan tanishdi.
12:46 / 23.06.2026

Bu ham qiziq

Soliq qo‘mitasi bank kartalaridagi yirik pul tushumlari bo‘yicha izoh berdi

Soliq qo‘mitasi bank kartalaridagi yirik pul tushumlari bo‘yicha izoh berdi

Soliq qo‘mitasi bank kartalariga kelib tushayotgan yirik mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar yuzasidan jamoatchilik orasida payd…
14:06 / 24.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda xavfsizlik talablariga javob bermagani sababli 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtati…
16:24 / 22.06.2026
O‘zbekistondagi avtotransport vositalari soni qariyb 5 millionga yetdi

O‘zbekistondagi avtotransport vositalari soni qariyb 5 millionga yetdi

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni 4 million 903,1 mi…
16:41 / 22.06.2026
Andijon polkasi Ginnes rekordlari kitobiga kirish arafasida

Andijon polkasi Ginnes rekordlari kitobiga kirish arafasida

Andijon viloyati yana bir tarixiy madaniy voqeaga mezbonlik qildi. Viloyat markazida 20 ming nafar ishtirokchi qatnashgan ul…
10:56 / 24.06.2026
Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur narkotik moddalar Rossiya Federatsiyasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.
14:01 / 23.06.2026
Toshkentda qalbaki 10 ming AQSH dollarini sotgan shaxs ushlandi

Toshkentda qalbaki 10 ming AQSH dollarini sotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritishga uringan shaxs qo‘lga olindi.
14:13 / 24.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga Ras-Laffan sanoat zonasidagi gazni qayta ishlash maj…
09:16 / 23.06.2026
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer iste’foga chiqishini e’lon qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer iste’foga chiqishini e’lon qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer mamlakat hukumati rahbari hamda Leyboristlar partiyasi yetakchisi lavozimidan iste’f…
16:58 / 22.06.2026
Namanganda go‘sht yetishtirish hajmi va sifati oshmoqda

Namanganda go‘sht yetishtirish hajmi va sifati oshmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Namangan qo‘ychilik klasteri” faoliyati bilan tanishdi.
12:46 / 23.06.2026
Uzgidromet yana Toshkentda yomg‘ir, momaqaldiroq va kuchli shamol haqida ogohlantirmoqda

Uzgidromet yana Toshkentda yomg‘ir, momaqaldiroq va kuchli shamol haqida ogohlantirmoqda

Kecha bo‘lgan kuchli bo‘ronlardan so‘ng, meteorologlar kunning ikkinchi yarmida ob-havoning yomonlashishini taxmin qilmoqdal…
10:18 / 22.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!