$
11918.98 UZS
57.02
₽
148.04 UZS
0.91
€
13283.70 UZS
5.42
31° Kechasi 18°

Yanvar-mart oylarida baxtsiz hodisalar sabab 42 nafar ishchi-xodim halok bo‘lgan – vazirlik

18:00 / 10.05.2022

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2022-yil yanvar-mart oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Qayd etilishicha, vazirlik hisobot davrida 5 972 ta korxonalarda nazorat tadbirlari o‘tkazgan bo‘lib, unda jami 11 315 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Qonunbuzilishlar yuzasidan tegishli tartibda ish beruvchilarga yozma ko‘rsatmalar va taqdimnomalar kiritilgan. 2 483 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 4 864,6 mln. so‘m miqdorida maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan.

Shuningdek, vazirlik mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmasligi natijasida baxtsiz hodisalar soni hamda kasb kasalliklari soni ortib borayotgani, jumladan, Respublika bo‘yicha joriy yilning 3 oyi davomida ishlab chiqarishda yuz bergan 132 ta baxtsiz hodisalardan 26 tasi (19 foizi) o‘lim, 97 tasi (73 foizi) oqibati og‘ir va 9 tasi (6,8 foizi) guruhiy baxtsiz hodisalarni tashkil etgani haqida maʼlum qilgan.

Yuz bergan baxtsiz hodisalar natijasida 42 nafar xodim halok bo‘lgan, 104 nafar xodim og‘ir tan jarohati va 4 nafari yengil tan jarohati olgan.

“Ushbu baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish jarayonida 776 ta aniqlangan kamchiliklar yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan 115 ta yozma ko‘rsatmalar berildi hamda qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yganligi uchun 110 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 223 mln. so‘mlik maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi”, – deyiladi maʼlumotda.

Bundan tashqari:
– 1 259 ta ish haqini belgilangan muddatlarda to‘lab bermaslik;
– 1 027 ta taʼtillar berish tartibiga rioya etmaslik;
– 657 ta aholini ish bilan taʼminlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish;
– 654 tasi mehnat shartnoma tuzmasdan, norasmiy ravishda xodimlar mehnatidan foydalanish;
– 352 ta mehnat daftarchalarini yuritish tartibini buzish;
– 341 ta noqonuniy ishdan bo‘shatish holatlari hamda boshqa turdagi qonun buzilish holatlari aniqlangan.

Qonun buzilishlar sohalar bo‘yicha tahlil qilinganda qonun buzilishlarning eng ko‘pi xalq taʼlimi tizimi (2 734 ta – 45 foiz), maktabgacha taʼlim tashkilotlari (1 437 ta – 24 foiz), qishloq xo‘jaligi (1 051 ta – 17 foizi) hamda SSV tizimi (808 ta – 13 foizi)da kuzatilgan.


Bu ham qiziq

Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi lavozimiga nomzodini …
16:31 / 26.10.2026
Antaliyada tornado oqibatida beş nafar işçi halok böldi

Antaliyada tornado oqibatida beş nafar işçi halok böldi

Turkiyaning Antaliya viloyati Kepez tumanida 2026-yil 26-oktyabr kuni soat 23:00 atrofida yuz bergan tornado oqibatida beş n…
09:36 / 27.10.2026
Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Saida Mirziyoyevaning taşabbusi amalda: Özbekistondagi raqamli tölovlarda katta özgariş — Apple Pay va Google Pay rasman işga tuşdi

Bu haqda, Prezident Administratsiyasi rahabri özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi. Xöş, bu tizimlar foydalanu…
14:54 / 27.10.2026
Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir parlamenti Nigerga harbiy xizmatchilar yuborish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. Bu mamlakatning 1973-yildan beri il…
11:01 / 26.10.2026
Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Özbekistonda tibbiyot tizimiga sun’iy intellekt joriy etiladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyotni raqamlaştiriş işlari xususiy klinikalar va dorixonalarni ham qamrab olayotganini ma’l…
11:39 / 27.10.2026
Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Megan Markl otasi bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

Sasseks gersoginyasi Megan Markl 2025-yilda otasi Tomas Marklga maktub yozib, uning farzandlari bilan uçraşişiga ruxsat berm…
13:34 / 27.10.2026
Andijonda Labo Malibu-2 bilan töqnaşdi

Andijonda Labo Malibu-2 bilan töqnaşdi

26-oktyabr kuni Andijon şahridagi Bobur şoh köçasida Labo va Malibu-2 avtomobillari iştirokida yöl-transport hodisasi sodir …
16:33 / 26.10.2026
“Özbekfilm” hududida kino şaharçasi taşkil etiladi

“Özbekfilm” hududida kino şaharçasi taşkil etiladi

“Özbekfilm” kinostudiyasining 10 gektarlik hududida kino xizmatlarini birlaştiruvçi “Özbekfilm kino şaharçasi” taşkil etilad…
17:58 / 26.10.2026
Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Toşkent şahrining Uçtepa tumanida 24-oktyabr kuni xonadon yonğinida halok bölgan ayolning ölimi yuzasidan qasddan odam öldir…
10:00 / 27.10.2026
“Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi yangi biznes modeli asosida işlaydi

“Özbekfilm” milliy kinokompaniyasi yangi biznes modeli asosida işlaydi

“Özbekfilm” davlat muassasasi tugatilib, uning örnida zamonaviy biznes modeli asosida faoliyat yuritadigan yangi milliy kino…
17:47 / 26.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!