Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro şahridagi 42-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari dars vaqtida majburiy mehnatga jalb etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Buxoro viloyati Ta’lim va ilm-fan boşqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, öquvçilar heç qanday mehnat işlariga jalb qilinmaganini ma’lum qildi.
Boşqarma ma’lumotiga köra, 1958-yilda qurilgan maktab 800 öringa möljallangan bölsa-da, hozirda unda 1 329 nafar öquvçi tahsil olmoqda. Qöşimça şaroit yaratiş maqsadida maktab hududida 540 örinli yangi bino quriş rejalaştirilgan. Ayni paytda uning smeta-loyiha hujjatlari tayyorlanmoqda.
Şuningdek, mavjud maktab binosining texnik holati yomonlaşgani aniqlangan. Xususan, musiqa zali joylaşgan uçinçi qavat tomining bir qismi qulab tuşgan, boşqa xonalarda ham tom qismining çökişi va konstruktiv deformatsiyalar kuzatilgan. Buxoro viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspeksiyasining 9-noyabrdagi xatida maktab binolari foydalanişga yaroqsiz deb topilib, ulardan foydalanişni taqiqlaş tavsiya etilgan.
Şu sababli öquvçilar va pedagoglar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida ta’lim jarayonini 44-sonli maktab hamda Buxoro yuridik kollejining böş turgan binolarida davom ettiriş rejalaştirilgan.
Boşqarma ma’lumotiga köra, 15-noyabr kuni öquvçilar va pedagoglarni yangi binolarga köçiriş, şuningdek, jihozlar hamda öquv vositalarini taşiş işlari taşkil etilgan. Jarayonda maktab texnik xodimlari va ixtiyoriy ravişda yordam bergan ota-onalar qatnaşgan.
Rasmiy munosabatda öquvçilar uşbu işlarda iştirok etmagani va dars vaqtida ta’mirlaş işlariga jalb qilinmagani ta’kidlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!