Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş vazir Donald Tusk NATO Boş kotibi Mark Ryuttega Varşava PURL dasturiga moliyaviy hissa qöşmasligini bildirgan. Bu haqda “Gazeta.Ru” xabar berdi.
Tuskning aytişiça, bunday qaror Polşa davlat budjetidagi katta taqçillik va mudofaa xarajatlari bilan boğliq.
Avvalroq, 6-noyabr kuni Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy mamlakat prezidenti Karol Navrotskiyning Ukrainaga nisbatan şubhali munosabatda ekanini bildirgan edi. U prezidentning bu pozitsiyasi özgarib, AQŞ va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik yönalişi qayta körib çiqilişiga umid bildirgan.
7-noyabr kuni esa Polşa Boş ştabi sobiq örinbosari, general Leon Komornitskiy Ukrainani “parçalanib borayotgan davlat” deb atab, uning armiyasi Yevropa Ittifoqi mablağlari hisobidan faoliyat yuritayotganini ta’kidlagan.
Ma’lumot uçun, PURL (Prioritised Ukraine Requirements List) dasturi 2025-yil iyul oyida NATO va AQŞ hamkorligida işga tuşirilgan. Mexanizm doirasida Ukraina zarur qurol-yaroğ va öq-dorilarga bölgan ehtiyojini belgilaydi, NATO esa xarid paketlarini şakllantiradi. Yevropa davlatlari va boşqa hamkorlar uşbu xaridlarni moliyalaştiradi, qurollar esa AQŞda işlab çiqarilib, NATO muvofiqlaştiruvi orqali Ukrainaga yetkaziladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!