Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning O‘rtachirchiq tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu jarayon davomida, fuqaro I.Q. Nurafshon shahar, “Degantepa” MFYdagi 20 sotix bo‘sh yer maydonini fuqaro A.S.ga firibgarlik yo‘li bilan 14 500 AQSh dollariga sotishga kelishib, tanishlari yordamida yer maydoni hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, oldindan 5 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Shumanay tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.K. soxta hujjatlar orqali o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgan Nukus shahar, “Qum ovul” MFYdagi zaxiradagi 6 sotix yer maydonini fuqaro M.A.ga sotishga kelishib, ushbu yer maydoni uchun 37 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!