Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leyen Ukrainaga doimiy ehtiyojlar va mamlakatni tiklash bo‘yicha rejalashtirilgan sa’y-harakatlarni ta’minlash uchun uzoq muddatli yordam ko‘rsatishga va’da bergan.
Germaniyadagi Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiyada “Biz Ukrainaga muhtoj bo‘lgan vaqt davomida yordam berishimiz kerak”, dedi fon der Leyen.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqga a’zo davlatlar bilan har oyda 1,5 milliard yevro ajratishni ko‘rib chiqmoqda, bu 2023-yilda jami 18 milliardni tashkil etadi.
Yevrokomissiya rahbari Kiyevning boshqa sheriklari, birinchi navbatda AQSh, shuningdek xalqaro moliya institutlari qolgan mablag‘larni taqdim etishiga umid qilmoqda. “Ukrainada hayot davom etishi uchun tezkor yordam zarur”, dedi fon der Leyen.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga, shifokorlarga o‘qituvchilarga ish haqi to‘lash, shuningdek pensiya to‘lash uchun yordam kerak. “Shuningdek, biz Ukrainaning umumiy bozorimizga kirishini yengillashtirish uchun harakat qilmoqdamiz - bu unga daromad keltiradi”, - deya qo‘shimcha qildi Yevrokomissiya rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari sakkiz milliondan ortiq ukrainalik qochqinlarni qabul qilgan, ularning to‘rt millioni Yevropa Ittifoqi hududida vaqtincha himoya qilish imkoniyatidan foydalangan. “Yevrokomissiya shuningdek, maktablarni, energiya infratuzilmasini tiklashni ta’minlashga va’da berdi”, dedi fon der Leyen.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!