$
12694.97 UZS
40.84
161.60 UZS
0.42
14878.50 UZS
60.51
37° Kechasi 24°

Yozning jaziramasida eng to‘g‘ri tanlov – milksheyk

10:50 / 08.06.2023

Yozning issiq kunlarida muzqaymoq va salqin ichimliklarga nisbatan talab juda oshib ketadi. Qanchalik sovuq bo'lmasin muzqaymoq ham juda tez erib ketadi. Bu vaziyatda qanday yo'l tutgan ma'qul? Albatta, siz bilan hozir milksheyk (sutli kokteyl) tayyorlashni o'rganamiz. Garchi unga meva va muzqaymoq qo'shilsa-da, biz uni mevali sut yoki erigan muzqaymoq deya olmaymiz. Bir stakanda ikkita lazzatni birlashtirgan mazali ichimlik bu yuqorida aytganimizdek – milksheyk!

Issiq kunda tetiklik baxsh etadigan, qishda esa shirin ta'mi bilan quvonch qo'shadigan milksheyk tayyorlash yosh bolalar uchun kunlik ratsiondan joy olishi juda foydali. Bu ichimlik uchun alohida qurilma sotib olish ham shart emas. Blender yoki chopperning o'zi yetarli bo'ladi. Hozir siz bilan 3 xil sutli kokteyl tayyorlashni bo'lishamiz, o'ylaymizki, bu ichimlik dasturxoningiz ko'rkiga ko'rk qo'shib tura oladi.

Shokoladli milksheyk

Shokoladli milksheyk uchun kerakli mahsulotlar:
sovuq sut;
shokoladli muzqaymoq;
3-4 dona kubik shaklidagi muz;
ko'pirtirilgan qaymoq (o'z xohishingizga ko'ra).

Eng avval sut va muzqaymoqni blenderga soling va aralashtiring.

Agar xohlasangiz stakanni bezatish uchun shokolad qaylasidan foydalanamiz. Ustiga bezak uchun ko'pirtirilgan qaymoq solamiz va shokolad bo'lakchalarini joylaymiz.

Bananli milksheyk

Bolalar bu milksheykni juda yaxshi ko'rishadi. Nima uchun bu ichimlikni tayyorlash juda oson bo'lsa ham biz uni sotib olishimiz kerak? Men bu yerda muzqaymoqli milksheykning tarifini keltirib o'taman.

Bananli milksheyk uchun kerakli ingrediyentlar:

2 ta banan;
2 stakandan kamroq sovuq sut (taxminan 1,5 stakan);
4 oshqoshiq vanilli muzqaymoq;
muz (ixtiyoriy).

Bananli milksheykni tayyorlash uchun avvalo bananni po'chog'idan tozalaymiz va 2-3 bo'lakka bo'lamiz.

So‘ngra banan, sut va muzqaymoqni blenderga solamiz. Blenderni avval past darajada ishga tushiramiz va sekin yuqorilatamiz, shunda barcha mahsulotlar parchalanadi va to'liq aralashadi.

Nihoyat, ixtiyoriy muz bo‘laklarini qo'shing! Ushbu sutli kokteylni darhol, sovuq holicha iste’mol qilish mumkin. Yoqimli ishtaha.

Qulupnayli milksheyk

Bahor oyining eng sevimli mevasi – qulupnay qo‘shilgan milksheyk tayyorlash uchun kerakli mahsulotlar:

qulupnay 10 dona;
sut – 2 stakan;
4 oshqoshiq muzqaymoq;
shakar;
muz (ixtiyoriy).

Qulupnay, sut, muzqaymoq, shakarni blenderga solamiz va aralashtiramiz. Ushbu sutli kokteylga shakar solishdan asosiy maqsad, qulupnay biroz nordon bo'lganligi uchun unga shirin ta’m berish juda muhim. Tayyor suyuqlikka ixtiyoringizga ko'ra muz soling va shu holatda ichishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha.

Bir narsani unutmang, har qanday mahsulotni me’yoridan ortiq iste’mol qilish uning foydali xususiyatlarini kamaytirib yuborishi tabiiy. Shu sababdan ham salomatligingizni asrang.


Lifestyle


														
														Shoshilinch hayotdan sokinlik sari: “Slow living” nima va nega hozir buning ayni payti?

Shoshilinch hayotdan sokinlik sari: “Slow living” nima va nega hozir buning ayni payti?

Sekin hayot (slow living) nima?“Slow living” — bu har bir kunni, har bir harakatni, har bir daqiqani ongli ravishda yashash …
12:18 / 26.05.2025

														
														Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekalari uchun motivatsion tavsiyalar

Uy bekasi bo‘lish — bu oddiylikda mukammallik yaratish san’atidir. Uy bekalari — oilaning yuragi, muhitning me’mori.
15:19 / 30.04.2025

														
														“Kalmar o‘yini” seriali aktrisasi saratondan vafot etdi

“Kalmar o‘yini” seriali aktrisasi saratondan vafot etdi

“Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumida sobiq politsiya xodimi Xvan Chjun-Xoning onasi rolini ijro etgan aktrisa Li J…
09:46 / 04.02.2025

														
														Nonushta uchun eng zararli oziq-ovqatlarning ro‘yxati bilan tanishing

Nonushta uchun eng zararli oziq-ovqatlarning ro‘yxati bilan tanishing

Balansli nonushta qilish yaxshiroq umumiy ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lib, tanangizni ruhiy va jismoniy qiyinchiliklarni ye…
13:32 / 25.01.2025

														
														Insayder iPhone 17 Pro dizayni va xususiyatlari haqida ma’lumot berdi

Insayder iPhone 17 Pro dizayni va xususiyatlari haqida ma’lumot berdi

Flagman nafaqat innovatsion kamera, balki odatiy standartlarni o‘zgartiruvchi noyob orqa panel dizaynini ham oladi.
11:13 / 25.01.2025

														
														Rossiyada kriptosaunalar ishlab chiqildi: ular sizni isitib qo‘yadi va kripto pul oladi

Rossiyada kriptosaunalar ishlab chiqildi: ular sizni isitib qo‘yadi va kripto pul oladi

Sankt-Peterburgdagi Luxury World Spa kompaniyasi “Kriptosauna” loyihasini taqdim etdi. Yangi mahsulot ASIC (kriptovalyuta qa…
10:35 / 25.01.2025

														
														Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to‘xtatishning foydasi bo‘ldimi?

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni to‘xtatishning foydasi bo‘ldimi?

Ushbu tadqiqot amalga oshirilgandan so‘ng o‘quvchilarning ko‘rsatkichlari oshgan.
15:29 / 18.01.2025

														
														2025-yilda qanday krossovkalar moda bo‘ladi?

2025-yilda qanday krossovkalar moda bo‘ladi?

Krossovkalar hech qachon modadan qolmaydigan, qulay oyoq kiyim hisoblanadi. Faqatgina har yili ularning qaysidir turi, ayniq…
13:02 / 16.01.2025

														
														Takchi – Koreyaning mashhur an’anaviy o‘yini

Takchi – Koreyaning mashhur an’anaviy o‘yini

Takchi – bu Koreya madaniyatida bolalar va kattalar orasida mashhur bo‘lgan o‘yin bo‘lib, oddiy, ammo qiziqarli! O‘yin uchun…
16:09 / 15.01.2025

														
														2024-yilda eng yuqori daromad keltirgan filmlar ro‘yxati

2024-yilda eng yuqori daromad keltirgan filmlar ro‘yxati

2024-yil kino sanoati uchun juda muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Ko‘plab kutilgan premyeralar va kutilmagan xitlar tomoshabinlarn…
15:40 / 15.01.2025

Bu ham qiziq

Ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal…
16:46 / 29.06.2025
DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, …
10:38 / 01.07.2025
Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot”…
13:08 / 28.06.2025
Eron AQSh hujumlarini zaif deb hisoblaydi

Eron AQSh hujumlarini zaif deb hisoblaydi

Gazeta bu ma’lumotni AQSh maxsus xizmatlariga yaqin bo‘lgan to‘rt manbasiga tayanib bergan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, avia…
14:26 / 30.06.2025
Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 30-iyun–2-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:12 / 29.06.2025
Uy-joy savdosini naqd pulda olib borish cheklanadi

Uy-joy savdosini naqd pulda olib borish cheklanadi

O‘zbekistonda uy-joylarning savdosini naqd pulda amalga oshirish cheklanadi. Bu haqda joriy yilning 26-iyun kuni Oliy Majlis…
11:37 / 30.06.2025
G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

Bu haqda Quds news network xabar berdi.
15:56 / 28.06.2025
“Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan erkak qutqarildi

“Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan erkak qutqarildi

Xabarga asosan, zudlik bilan aytilgan manzilga bir guruh qutqaruvchilar yetib borib, fuqaroni sog‘-salomat qutqarib olishgan.
10:39 / 28.06.2025
Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Eron uranni boyitish huquqiga ega va bu faoliyatni to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
09:46 / 30.06.2025
1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

1-iyuldan Toshkent-Chorvoq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yo‘nalishda naqd pulda va bank kartalari orqali to‘lov amalga oshirish imkoniyati mavjud.
13:11 / 29.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!