$
11861.96 UZS
23.04
₽
147.13 UZS
0.08
€
13278.28 UZS
29.34
31° Kechasi 18°

Zomindagi dor yo‘li auksionda 215 mlrd so‘mga sotildi

10:23 / 21.01.2026

Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan dor yo‘li auksion orqali sotildi. Savdolar E-auksion platformasida bo‘lib o‘tdi.

Auksionga kanat yo‘lini boshqaruvchi Zomin Ropeway kompaniyasining 100 foiz ulushi qo‘yildi. Savdolar yakunida Ref Ropeway Invest kompaniyasi 215 milliard 67 ming so‘m taklifi bilan g‘olib bo‘ldi.

Savdo obyekti majmuasi tarkibida Shveysariyaning Bartholet Maschinenbau AG kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan 2 102 metr uzunlikdagi osma dor yo‘li hamda mijozlarni tashish uchun 36 ta kabina, shuningdek 351 ta o‘rinli ko‘p qavatli avtoturargoh, 152 o‘rinli restoran, kafe, bolalar o‘yin maydonchasi va boshqa xizmat xonalari mavjud.

G‘olib kompaniyaga Zomin Ropeway osma dor yo‘lining soz holatda bo‘lishi va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda ekspluatatsiya qilinishi, shu jumladan, osma dor yo‘lining tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanish qoidalariga, dor yo‘liga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash reglamentiga qat’iy rioya qilinishi, shuningdek, ishga malakali xodimlarni jalb qilish bo‘yicha javobgarlik yuklatildi.

Ma’lumot uchun, “Zomin” sayyohlik-rekreatsion zonasida dor yo‘li 2023-yil avgust oyida ochilgan edi.

 

 


Bu ham qiziq

Kino orqali milliy özlikni dunyoga tanitiş muhim

Kino orqali milliy özlikni dunyoga tanitiş muhim

Prezident milliy kino san’ati orqali Özbekiston tarixi, madaniyati va milliy qahramonlarini xalqaro miqyosda keng tarğib eti…
17:37 / 26.10.2026
Rossiya va Ukraina Oleşki şahrida vaqtinçalik öt oçişni töxtatdi

Rossiya va Ukraina Oleşki şahrida vaqtinçalik öt oçişni töxtatdi

Rossiya va Ukraina 2026-yil 27-oktyabr kuni Xerson viloyatining Rossiya qöşinlari nazoratidagi Oleşki şahrida gumanitar oper…
09:57 / 27.10.2026
Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi lavozimiga nomzodini …
16:31 / 26.10.2026
“Dok-1 Maks” fojiasi jabrlanuvçilariga kompensatsiya töliq tölandi

“Dok-1 Maks” fojiasi jabrlanuvçilariga kompensatsiya töliq tölandi

Özbekistonda “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalaridan jabrlangan bolalarning oilalariga kompensatsiya töliq tölab beril…
09:51 / 27.10.2026
Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Uçtepada yonğinda halok bölgan ayol qasddan öldirilgani gumon qilinmoqda

Toşkent şahrining Uçtepa tumanida 24-oktyabr kuni xonadon yonğinida halok bölgan ayolning ölimi yuzasidan qasddan odam öldir…
10:00 / 27.10.2026
Ispaniyada avtobus 20 metrli jarlikka qulab, 83 kişi jarohatlandi

Ispaniyada avtobus 20 metrli jarlikka qulab, 83 kişi jarohatlandi

Ispaniyaning Barselona şahri yaqinida avtobusning taxminan 20 metr çuqurlikdagi jarlikka qulaşi oqibatida 83 kişi jarohatlan…
10:26 / 27.10.2026
Tibbiyot xodimlari uçun Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilişi taklif qilindi

Tibbiyot xodimlari uçun Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilişi taklif qilindi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi özgarişlarda 800 mingdan ziyod xodim munosib hissa qöşayotg…
11:47 / 27.10.2026
Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir yarim asrdan ortiq vaqt o‘tib Nigerga harbiylarini yubormoqchi

Jazoir parlamenti Nigerga harbiy xizmatchilar yuborish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi. Bu mamlakatning 1973-yildan beri il…
11:01 / 26.10.2026
Özbekistonda radarlarga örtaça tezlikni nazorat qiliş funksiyasi qöşiladimi?

Özbekistonda radarlarga örtaça tezlikni nazorat qiliş funksiyasi qöşiladimi?

Özbekistonda avtomobillarning örtaça tezligini nazorat qiluvçi radar tizimi joriy etilişi haqidagi xabarlar haqiqatga töğri …
14:36 / 26.10.2026
Andijonda Labo Malibu-2 bilan töqnaşdi

Andijonda Labo Malibu-2 bilan töqnaşdi

26-oktyabr kuni Andijon şahridagi Bobur şoh köçasida Labo va Malibu-2 avtomobillari iştirokida yöl-transport hodisasi sodir …
16:33 / 26.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!