Uzoq yillardan buyon shifokorlar bir ovozdan tuzning zararli ekanligi haqida bong urib keladilar. Bu fikrning to‘g‘riligini tibbiy kuzatuv va tadqiqotlar ham tasdiqlaydi. Nahotki tuz faqat zararli bo‘lsa? Quyida uning foydali va zararli jihatlari bilan tanishasiz.
Foydasi

Aslida tuz juda muhim ozuqaviy modda hisoblanadi. Inson organizmi tuzga muhtoj, chunki moddalar almashinuvi me'yorida bo‘lishi uchun 200 milligramm tuz kerak bo‘ladi. Odatda katta yoshli inson kamida ming milligramm tuz iste'mol qiladi. Tushunarli o‘lchov birligida oladigan bo‘lsak, inson bir kunda bir choy qoshiqqa yaqin tuz iste'mol qilishi lozim.
Iste'mol

Tuzning aksariyat qismi organizmga yashirin holda, turli taomlar tarkibida tushadi. Ko‘pgina mahsulotlar tarkibida yetarli miqdorda tuz mavjudligi bois ularning tarkibini hisobga olish kerak. Tuz hattoki shirin ichimliklar tarkibida ham bo‘ladi.
Buyrakka zarar

Tuzni qanchalik ko‘p iste'mol qilsangiz, buyraklaringizning ishlashi shunchalik qiyinlashadi. Ularning bor kuchi ortiqcha natriyni qayta ishlashga sarflanadi. Buning ustiga, ortiqcha tuz qonda to‘planadi va yurakka kuch keladi. Bu esa arteriyalardagi bosimni oshiradi va butun organizmning zo‘riqishiga olib keladi.
Qon bosimi

Ekspertlarning aytishlaricha, tuz yuqori qon bosimini keltirib chiqaradi, tuzni me'yoridan ortiq iste'mol qilish esa yanada jiddiy muammoga olib keladi. Yuqori darajadagi qon bosimi yurak yetishmovchiligi va insultga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, tuzni me'yoridan ortiq iste'mol qilish oshqozon saratonini ham keltirib chiqarishi ayrim tadqiqotlarda isbotlangan.
Salbiy oqibatlar

Organizmda tuzning yig‘ilishi suvsizlanish, buyraklarda tosh paydo bo‘lishi, osteoporoz va buyrak kasalliklarini keltirib chiqaradi. Tuz yig‘ilishi astma simptomlari kuchayishi va qandli diabet rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Dengiz tuzi va osh tuzining farqi

Dengiz tuzi va tuz konlaridan qazib olinuvchi tuz o‘rtasida ularni qayta ishlashdan oldin hech qanday farq bo‘lmaydi. Zavodda xomashyodan kalsiy, kaliy, magniy, sulfat, va ftorid ajratib olinadi. Natijada do‘konlarda sotiladigan osh tuzi paydo bo‘ladi.
Yaxshimi-yomonmi?

Dengiz tuzida osh tuzida uchramaydigan mikroelementlar bo‘ladi. Lekin osh tuziga qo‘shimcha elementlar qo‘shiladi. Odatda, ular yod va yopishqoqlikka qarshi moddalar bo‘ladi. Shu tarzda yodlangan osh tuzi ishlab chiqariladi.
So‘nggi ma'lumotlar
Tuzning xavfliligi hali-hanuz olimlar o‘rtasida muhokama qilinmoqda. Ayrim zararli illatlarga nisbatan olib qaralganda tuz unchalik xavfli emas. Gipertoniya sohasidagi so‘nggi tadqiqotlar natijalarning ko‘rsatishicha, alkogol va parhez salomatlikka tuzga nisbatan ko‘proq zararlidir.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!