$
12076.18 UZS
20.37
169.47 UZS
0.41
13995.09 UZS
-13.76
31° Kechasi 18°

Samandar Hamroqulov marhum aktrisa Gavhar Sharipovani sevgani, sevgisi uchun kurashmay qoʻrqoqlik qilgani haqida soʻzlab berdi

16:59 / 20.08.2021

Samandar Hamroqulov marhum aktrisa Gavhar Sharipova bilan yoshlik davrlarida sevishgani, aktrisa onasiga maʼqul kelmagani uchun unga uylanmagani va sevgisi uchun kurashmagani haqida soʻzlab berdi.

“Oʻsha vaqtlarda yosh boʻlganman, hech narsani oxirini oʻylamasdim. Baribir koʻnglim bor edi, yaxshi koʻrardim uni. U zamonaviy qiz edi, zamonaviy kiyinardi, dunyoqarashi zamonaviy, rus maktabda oʻqigan qiz edi. Onamga koʻrsatganman, ularga maʼqul kelmagan. Ajralishimiz juda qiyin boʻlgan. Juda asabiy boʻlib qolganman, koʻp urushardik, gap tortishib qolardik. Uni koʻp xafa qilardim. Oliygohni bitirganimizdan keyin hamma har qayoqqa tarqalib ketdi, u ham oila qurdi. Konsertlarga, toʻyga xizmatga borgan vaqtimizda uchrashib qolsak, meni koʻrishi bilan darrov boshqa yerga chiqib ketardi, berkinib olardi. Shundan bilardim mendan qattiq xafa ekanligini. Men u bilan hammasini gaplashib olganman. Bilasizmi, baribir aybdor his qilaman oʻzimni, oʻtib qolganida juda qiynaldim. Hozirgacha namozlarimda haqqiga duo qilaman. Juda yaxshi, chiroyli, aqlli qiz edi. Yozadigan sheʼrlari odamni yigʻlatardi. Koʻp kitob oʻqirdi, dunyoqarashi keng edi. Har qancha sevsa arziydigan qiz edi. Ikkalamizning ham oʻzimizga yarasha xatolarimiz boʻldi, lekin koʻp xato mendan oʻtdi. Kurashishim kerak boʻlgan narsalar bor edi, lekin men kurashmadim”, dedi ijodkor.

Samandar Hamroqulov Gavhar Sharipova uchun kurashmasdan qoʻrqoqlik qilgani va mana shu narsa uning xatosi boʻlgani haqida aytib oʻtdi.


Bu ham qiziq

Namanganda 93 yoshli momo ilk bor tug‘ilganlik guvohnomasiga ega bo‘ldi

Namanganda 93 yoshli momo ilk bor tug‘ilganlik guvohnomasiga ega bo‘ldi

Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi 93 yoshli Ko‘paysin momo Sotivoldiyevaga ilk bor tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma …
10:28 / 21.05.2026
Qo’qonda fojiali yo‘l-transport hodisasi

Qo’qonda fojiali yo‘l-transport hodisasi

Qo’qon shahrida sodir bo‘lgan o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:32 / 21.05.2026
Namanganda media sohasi vakillari uchun “Media haftalik” boshlandi

Namanganda media sohasi vakillari uchun “Media haftalik” boshlandi

Bugun Namangan shahridagi “Ma’rifat maskani”da respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan media sohasi vakillari va …
15:18 / 18.05.2026
Oʻzbekiston Prezidenti shaharlarni barqaror rivojlantirish borasida qator tashabbuslarni ilgari surdi

Oʻzbekiston Prezidenti shaharlarni barqaror rivojlantirish borasida qator tashabbuslarni ilgari surdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-may kuni Bokudagi Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi…
17:17 / 18.05.2026
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi

Hukumatning 2026-yil 18-maydagi 250-son qarori bilan “Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasini tashkil etis…
09:48 / 19.05.2026
Prezident yosh kinoijodkorlarni taqdirladi

Prezident yosh kinoijodkorlarni taqdirladi

Bu e’tibor va g‘amxo‘rlik natijasida o‘zbek kinoijodkorlari xalqaro maydonlarda yuksak natijalarga erishib, mamlakatimiz nuf…
09:37 / 20.05.2026
Qoraqalpog‘istondagi Ustyurt tekisligiga 893 bosh yo‘rg‘a tuvaloq qo‘yib yuborildi

Qoraqalpog‘istondagi Ustyurt tekisligiga 893 bosh yo‘rg‘a tuvaloq qo‘yib yuborildi

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hamda yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savd…
10:17 / 21.05.2026
Soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va sobiq hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va sobiq hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bulung‘ur tumanida faoliyat yurituvchi “Buxgalteriya markazi” davlat muassasasi hisobchisi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ye…
13:51 / 19.05.2026
Mashina “probegi”ni soxtalashtirib sotuvchilarga javobgarlik belgilanadi

Mashina “probegi”ni soxtalashtirib sotuvchilarga javobgarlik belgilanadi

O‘zbekistonda avtomobil odometri ko‘rsatkichini o‘zgartirib yoki qurilmani almashtirib, bu haqda xaridorga ma’lum qilmagan s…
16:44 / 19.05.2026
Avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi

Avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va tarmoq …
17:59 / 19.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!