$
12035.26 UZS
-15.08
151.46 UZS
-1.83
13710.57 UZS
25
31° Kechasi 18°

Chet tilini o‘rgatadigan bepul mobil ilovalar

11:38 / 23.12.2019

Chet tilini o‘rganishni xohlaysiz-u, ammo sira ham jonkuyar o‘qituvchi topa olmayapsizmi? Mobil telefoningizga bir qancha bepul ilovalardan o‘zingizga mosini yuklab olib, o‘zingiz mustaqil shug‘ullanarsiz. Shunda bekatda turganingizda yoki avtobusda uzoq vaqt yo‘l bosib o‘tayotganingizda ham vaqtni bekor ketkazmaysiz. Quyida xorijiy til o‘rganishga yordam beradigan bir qancha ilovalar ro‘yxatini keltiramiz. 

1.  Duolingo

Duolingo chet tilini noldan boshlab o‘rganuvchilarga ham, davom ettituvchilarga ham mos ilova. U sizga kichik gaplar, rasmlar va audio yordamida yangi so‘z, so‘z birikma va gap tuzishlarni o‘rgatib boradi. Mashqlar yordamida chet tilidagi so‘zni eshitish va suratini ko‘rish orqali o‘z ona tilingizga tarjima qilishingiz mumkin. 
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ingliz, ispan, fransuz, nemis, xitoy, yapon, koreys, italyan, portugal, golland, irland, shved, turk, esperanto, indonez, chex, yunon, hind, rus, ukrain, ivrit va boshqalar.

2.  Busuu

Ushbu ilovada o‘rganishni xohlagan tilingizni tanlaysiz va qaysi darajada ekaningizni ko‘rsatasiz. Masalan, boshlang‘ich, davom ettiruvchi va ilg‘or o‘rganuvchi. Busuu’ning eng yaxshi tomoni shundaki, u kundalik hayotda ko‘p qo‘llaniladigan so‘z va jumlalarni boshlang‘ich darajadayoq o‘rgatadi. Ilova sizga yangi so‘zlarni alohida va gaplarni ichida kelgan holatda o‘rgatadi. Ma’lum vaqtdan keyin esa bilimlaringizni tekshirib ko‘radi.   
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, rus, turk, yapon, xitoy, polyak, portugal.

3.  Memrise

Boshqa ilovalardan farqli ravishda Memrise offlayn kurslarni ham taqdim etadi. Til o‘rganish darajangizni o‘zingiz tanlaysiz. Memrise’ning yana bir farqli jihati u chet tilidagi so‘zlarni o‘rgatishda tezroq yodlab olishingiz uchun ona tilingizga talaffuz jihatidan yaqinini tanlaydi. Bundan tashqari u tarjimalarni aralashtirilgan holda sizga beradi, bu bilan siz bir vaqtning o‘zida bir nechta yangi so‘zlarni o‘rganasiz. 
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ingliz, fransuz, nemis, rus, ispan, italyan, yapon, arab, turk, portugal, xitoy, koreys, shved, polyak, mo‘g‘ul va boshqalar.

4.  Rosetta Stone

Rosetta Stone asosan sayohatchilar uchun mo‘ljallangan ilova bo‘lib, asosiy so‘z va so‘z birikmalarni o‘rgatadi. O‘rganayotgan chet tilingizdagi yangi so‘zlar rasmlar orqali ko‘rsatiladi va audioda talaffuzini eshitasiz. Undan so‘ng talaffuzingizni tekshirish uchun o‘zingiz yangi so‘zni takrorlashingiz kerak. O‘zingiz xohlamagan mavzularni o‘tkazib yuborishingiz yoki bir tartibda o‘rganishingiz imkoni bor.
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ingliz (Britaniya), ingliz (AQSh), ispan (Lotin Amerika), ispan (Ispaniya), fransuz, italyan, nemis, xitoy, rus, arab, koreys, yunon, ivrit, hind, irland, fors, turk, shved, polyak va boshqalar. 

5.  Clozemaster

O‘yinlar orqali til o‘rganishga asoslangan ilova. Berilgan gapda tushirib qoldirilgan so‘zlarni mosini tanlashingiz kerak bo‘ladi. Shu tariqa eng ko‘p qo‘llaniladigan so‘zlarni mashq qilib borasiz. Clozemaster asosan o‘rganib bo‘lgan so‘zlaringizni sinash uchun yoki ancha yillar oldin o‘rgangan bilimlaringizni qayta tiklab olish uchun yordam beradi.  
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: fransuz, nemis, ispan, ingliz, arab, xitoy, golland, italyan, turk, koreys, portugal va boshqalar.

6.  Beelinguapp

Agar til o‘rganish jarayoningiz kitoblarni ham qamrab olishini istasangiz, Beelinguapp aynan siz uchun. Ilova sizga sevimli hikoyalaringizni audio shaklida taqdim qiladi. Istasangiz o‘zingiz o‘qishingiz mumkin. Ekranda o‘rganayotgan tilingiz va ona tilingizdagi matnni bitta ekranga qo‘yishingiz mumkin. Aynan sizni qiziqtirgan gap qanday talaffuz qilinishini o‘rganish uchun belgilashingiz va faqat o‘sha gapning audiosini eshitishingiz, ortidan takrorlashingiz mumkin. 
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: rus, ingliz, nemis, fransuz, turk, xitoy, arab, yapon, italyan, ispan, koreys, hind va portugal.

Ikki va undan ortiq tilda gapirish xotirani yaxshilaydi, dunyoqarashni kengaytiradi va sizga ko‘pgina imkoniyatlar eshigini ochadi. Xo‘sh, endi nimani kutyapsiz?

Ziyodaxon G‘ulomova tayyorladi.


Bu ham qiziq

Tojikistonda hijobga rasmiy taqiq qo‘yildi

Tojikistonda hijobga rasmiy taqiq qo‘yildi

Mamlakatda "MILLIY MADANIYATGA YOT" deb topilgan kiyimlarga, xususan hijob va arabcha uslubdagi kiyim-kechaklarga rasman taq…
17:01 / 29.07.2026
Uzbek Gift Contest tanloviga arizalar qabul qilinmoqda

Uzbek Gift Contest tanloviga arizalar qabul qilinmoqda

Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda Badiiy akademiya hamkorligida milliy hunarmandchilik mahsulotlarini zamonaviy …
11:28 / 29.07.2026
Andijonda o‘zini “prezident oilasiga yaqin” deb tanishtirib, fuqarolarni aldagan guruhga hukm o‘qildi

Andijonda o‘zini “prezident oilasiga yaqin” deb tanishtirib, fuqarolarni aldagan guruhga hukm o‘qildi

Andijon viloyatida o‘zini “prezident oilasiga yaqin shaxs” sifatida tanishtirib, fuqarolarning turli masalalarini pul evazig…
09:40 / 28.07.2026
29-iyul kungi ob-havo ma’lumoti

29-iyul kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kech…
22:54 / 28.07.2026
Yig‘ilishda Surxondaryodagi bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi uchun joy noto‘g‘ri tanlangani tanqid qilindi. Gazni stansiyaga yetkazish uchun 300 m

Yig‘ilishda Surxondaryodagi bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi uchun joy noto‘g‘ri tanlangani tanqid qilindi. Gazni stansiyaga yetkazish uchun 300 m

Tashabbuskor bilan tuzilgan shartnoma shartlari puxta o‘rganilmagani qo‘shimcha xarajat yuzaga kelish ehtimolini paydo qilga…
15:49 / 27.07.2026
Surxondaryoda ota 9 yoshli qiziga hayvon tezagini majburan yedirdi

Surxondaryoda ota 9 yoshli qiziga hayvon tezagini majburan yedirdi

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida 36 yoshli erkak 9 yoshli qizini jazolash maqsadida unga hayvon tezagini olib k…
09:34 / 28.07.2026
7 yil davolangan Qizil kitobdagi bo‘z echkemar tabiatga qo‘yib yuborildi

7 yil davolangan Qizil kitobdagi bo‘z echkemar tabiatga qo‘yib yuborildi

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida yetti yil davomida reabilitatsiya markazida parvarish qilinib, davolangan Qizil kito…
14:51 / 29.07.2026
Putin Rossiya Qurolli kuchlari sonini oshirish haqidagi farmonni imzoladi

Putin Rossiya Qurolli kuchlari sonini oshirish haqidagi farmonni imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Qurolli kuchlarining umumiy shtat sonini 2 426 130 nafarga yetkazishni nazarda tu…
10:28 / 28.07.2026
30-IYULGA OB-HAVO PROGNOZI

30-IYULGA OB-HAVO PROGNOZI

29-iyul soat 20:00 dan 30-iyul soat 20:00 gacha
17:41 / 29.07.2026
15 yil ishlagan tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foizigacha subsidiya beriladi

15 yil ishlagan tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foizigacha subsidiya beriladi

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari …
16:10 / 27.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!