7 yil davolangan Qizil kitobdagi bo‘z echkemar tabiatga qo‘yib yuborildi
Samarqand viloyatining Nurobod tumanida yetti yil davomida reabilitatsiya markazida parvarish qilinib, davolangan Qizil kitobga kiritilgan bo‘z echkemar tabiiy yashash muhitiga qaytarildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Samarqand viloyati bosh boshqarmasi ma’lum qildi.
Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, bo‘z echkemar bir necha yil avval Nurobod cho‘l hududida yarador va yosh holatda topilgan. Shundan so‘ng u reabilitatsiya markaziga olib ketilib, 7 yil davomida davolangan va parvarish qilingan.
Hayvonning oyog‘i va dumi to‘liq tiklanib, sog‘lig‘i me’yoriga kelgani sababli u Nurobod tumanidagi Qarnob cho‘li hududiga qo‘yib yuborildi. Ushbu hudud bo‘z echkemarning tabiiy yashashi uchun qulay bo‘lib, uning asosiy ozuqasi hisoblangan kemiruvchilar ham uchraydi.
Bo‘z echkemar O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob sudralib yuruvchilardan biri sanaladi. Mutaxassislar qayd etishicha, 1990-yillar boshida ularning soni qariyb 45 ming bosh bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib turning ko‘plab yashash hududlarida yo‘qolib ketgani, qolgan joylarda esa juda kam soni saqlanib qolgani ta’kidlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!