Tojikistonda hijobga rasmiy taqiq qo‘yildi
Mamlakatda "MILLIY MADANIYATGA YOT" deb topilgan kiyimlarga, xususan hijob va arabcha uslubdagi kiyim-kechaklarga rasman taqiq qo‘yildi.
Tojikiston hukumati bu tartibni milliy kiyinish madaniyatini saqlash, jamiyatda xurofot va diniy mutaassiblik tarqalishining oldini olish bilan izohlagan.
Qonun talablariga amal qilmaslik uchun jarima choralari belgilangan. Ushbu qonun jamoatchilikda turli munosabatlarga sabab bo‘lmoqda.
Ayrim fuqarolar ayollar ko‘chalarda to‘xtatilib, hijobini milliy uslubdagi ro‘mol shaklida o‘rash talab qilinayotganidan shikoyat qilishmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!