$
12114.97 UZS
40.69
162.07 UZS
1.21
14260.53 UZS
41.86
31° Kechasi 18°

Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlandi

11:24 / 02.08.2021

Bugun Olmazor tumani hokimligida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Olmazor tumani hokimi lavozimiga  Umarxonov Azizxon Sharipxonovich nomzodini Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi sessiyasida tasdiqlash uchun tavsiya etdi.

Deputatlar reglamentga muvofiq  Olmazor tuman hokimi lavozimiga A.Sh.Umarxonovning nomzodini bir ovozdan ma’qulladilar.

Ma’lumot uchun, A.Umarxonov 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasini tamomlagan va shu yillar davomida tizimda samarali faoliyat yuritgan. U 2020 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 18-iyul kuni Olmazor tumanining sobiq hokimi Abdumajid Mullajonov 51 yoshda vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Bu ham qiziq

Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni, koʻp millatli butun xalqimizni qutlugʻ ayyom – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinch…
11:59 / 09.05.2026
Buxoroda YPX xodimi piyodani urib yubordi

Buxoroda YPX xodimi piyodani urib yubordi

Joriy yilning 27-aprel kuni Buxoro viloyatida YPX xodimi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat …
17:10 / 07.05.2026
Navoiydagi “Media haftalik” milliy media rivojida muhim platformaga aylandi

Navoiydagi “Media haftalik” milliy media rivojida muhim platformaga aylandi

Navoiy viloyatida bir necha kun davom etgan “Media haftalik” loyihasi yakunlandi. Haftalik doirasida tashkil etilgan Media f…
10:36 / 09.05.2026
Surxondaryodagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Surxondaryodagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanidagi oziq-ovqat bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi.
14:48 / 10.05.2026
yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi boshlandi

yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi boshlandi

“Nurafshon – Piskent – Bo‘ka – Bekobod – Boyovut – Yangiyer” yo‘nalishida yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l tarmog‘i quril…
15:40 / 07.05.2026
Bugun barcha xodimlar 1 soat erta ketishlari mumkin

Bugun barcha xodimlar 1 soat erta ketishlari mumkin

Mehnat kodeksiga binoan, bayram (ishlanmaydigan) kunlari arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida…
10:02 / 08.05.2026
O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik kodeksi yangilanadi

O‘zbekistonda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yangi tahrirda ishlab chiqiladi.
09:41 / 10.05.2026
Samarqandda sunnat amaliyotidan so‘ng ikki bola vafot etdi

Samarqandda sunnat amaliyotidan so‘ng ikki bola vafot etdi

Samarqand viloyatining Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan sunnat amaliyotidan keyin ikki nafar bola vafot etg…
14:00 / 07.05.2026
Rossiya Ukraina sulh rejimini 1365 marta buzganini ma’lum qildi

Rossiya Ukraina sulh rejimini 1365 marta buzganini ma’lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni qarori bilan 8-may soat 00:00 dan …
11:47 / 08.05.2026
Epshteyn o‘limidan oldin yozgan maktub oshkor qilindi

Epshteyn o‘limidan oldin yozgan maktub oshkor qilindi

AQShda Nyu York federal sudi marhum moliyachi va jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epshteyn tomonidan yozilgani aytilayot…
10:45 / 07.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!