$
11979.83 UZS
-1.98
164.99 UZS
-0.14
13904.99 UZS
25.26
31° Kechasi 18°

Har kuni tvorog yeyishning natijasi qanday bo‘ladi?

07:55 / 11.03.2019

Tvorog foydali ekanini hamma biladi. Uning tarkibida kalsiy, oqsil va kazein mavjud. Ayrim bolalar uni yoqtirishmaydi. Buvilar esa uning foydasi sabab mittivoylarni ushbu yegulikni iste'mol qilishga majbur qilishadi. Katta yoshdagilar esa unga ko‘pincha befarq bo‘lishadi. Bu mahsulotni har kuni iste'mol qilganimizda organizmda nima sodir bo‘ladi? Avval boshdanoq kelishib olaylik, albatta nonushta, tushlik va kechki ovqatga tvorogni turli ko‘rinishlarda iste'mol qilish emas, uni har kuni biroz miqdorda iste'mol qilish haqida so‘z yurityapmiz. Turli tadqiqot natijalariga tayangan holda masalaga oydinlik kiritdik.

Foto: Pixabay

Moddalar almashinuvi

Tvorog har kuni iste'mol qilinsa, uning tarkibidagi V guruhi vitaminlari metabolizmni normallashtiradi. V12 vitamini esa miyaning to‘laqonli ishlashida yordam berib, temirning samarali o‘zlashtirilishiga xissa qo‘shadi. Tvorogdagi riboflavin tiamin bilan birgalikda uglevodlarni quvvatga aylantiradi, panteon kislotasi esa oqsil, yog‘lar, uglevod va aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi.

Mushaklar

Tvorog va undan tayyorlangan taomlar ratsioningizga kiritilgach, mushak massasi o‘sayotgani va mushak korseti va suyaklar mustahkamlanayotganini sezasiz. Sportchilar uyqudan oldin bejiz tvorog yoki oqsilli yegulikni iste'mol qilishmaydi. Olingan aminokislotlar qonga tushadi, quvvat va to‘yish hissi paydo bo‘ladi.

Ayollar uchun

Tarkibida protein, kalsiy va D vitamini yetarli darajada bo‘lgan tvorog gormonal fonni barqaror ko‘rinishda ushlab turadi. Turli tadqiqotlar tvorog iste'mol qilinganida ko‘krak bezi saratoni xavfi kamayishini ko‘rsatgan. Tishlar va suyaklar mustahkamlanadi, chunki kalsiyning kunlik normasi 28 foizini aynan tvorogdan olish mumkin.

Foto: Pixabay

Qondagi qand miqdori

Ikkinchi turdagi diabetda tvorogni doimiy ratsionga kiritish tavsiya etiladi. U qondagi qand miqdori darajasini normaga keltirishda yordam beradi. Biroq bunda mahsulotning yog‘lilik darajasi 1,5 foizdan ortiq bo‘lmasligi lozim, aks holda organizmga zarar keltirishi mumkin.

Yurak va tomirlar

Tvorog tarkibida yetarli miqdorda magniy bo‘lib, u yurak qon—tomir tizimiga ijobiy ta'sir qiladi. Tvorog arterial qon bosimini nazorat ostida ushlab, tromblar xosil bo‘lishiga qarshi kurashadi deyish mumkin. Biroq buning uchun kuniga 200 grammga yaqin tvorog iste'mol qilish lozim.

Kasalliklar

Organizmda barcha tizimlar yaxshi ishlasa va almashinuv jarayonlari, jumladan ovqatlanish bilan qo‘llab-quvatlansa, insultning yuzaga kelish xavfi minimum darajada bo‘ladi. Tvorog va sut mahsulotlarini yetarli miqdorda iste'mol qilish insult oldini oluvchi foydali odatlarga kiradi. Shuningdek, diabet, metabolik sindrom va yurak qon-tomir tizimidagi buzilishlar kabi boshqa kasalliklarning ham. Demak, tvorogning organizmga zarar yetkazish ehtimoli juda oz. Muhimi, qarshi ko‘rsatmalar va tvorogning ayrim o‘ziga xosliklarini yodda saqlash. Masalan, uning tarkibida tuz miqdori ko‘p bo‘ladi. Shunday ekan, buyrak kasalliklaridan aziyat cheksangiz, uni iste'mol qilishni aksincha cheklash lozim.


Bu ham qiziq

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga tavallud kuni – yubiley ayyomi munosabati b

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga tavallud kuni – yubiley ayyomi munosabati b

“Sizni boy tajribaga ega, o‘z xalqining hurmat va ehtiromiga sazovor bo‘lgan atoqli davlat arbobi sifatida yaxshi bilamiz. S…
14:05 / 14.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Rossiya kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
10:28 / 14.06.2026
Toshkent xalqaro investitsiya forumi rasmiy homiylarini e’lon qildi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi rasmiy homiylarini e’lon qildi

Forum 16–18-iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi hamda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi investorlar, xalqaro…
18:18 / 15.06.2026
JCH-2026. Belgiya og‘ir o‘yinda Misr bilan ochkolarni bo‘lishib oldi

JCH-2026. Belgiya og‘ir o‘yinda Misr bilan ochkolarni bo‘lishib oldi

Saloh tug‘ilgan kunida assist qayd etdi, Lukaku jamoasining goliga sababchi bo‘ldi.Jahon chempionatida G guruhida 1-tur bahs…
09:58 / 16.06.2026
16-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

16-iyun kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, m…
16:20 / 15.06.2026
9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Joriy yilning 16-19-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida se…
11:01 / 15.06.2026
Albaniya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

Albaniya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay ra…
09:45 / 16.06.2026
Pora uchun qamalganlar muddatidan oldin ozod qilinmasligi mumkin

Pora uchun qamalganlar muddatidan oldin ozod qilinmasligi mumkin

Unga ko‘ra, pora olish, pora berish yoki pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarni jazodan m…
15:28 / 14.06.2026
Bugun, 15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi,…
09:15 / 15.06.2026
O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi

Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirish ista…
10:38 / 14.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!