Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qalbaki aksiz markalari bilan muomalaga kiritilishi rejalashtirilgan yirik partiyadagi alkogol mahsulotlari aniqlanib, musodara qilindi. Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida Bosh prokuratura huzuridagi Departament va boshqa idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda mas’ul shaxslar Samarqand shahridagi xonadonlardan birida qiymati 516 million so‘mlik, 21 turdagi 21 947 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotish maqsadida saqlab kelgani fosh etildi. Barcha mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida fuqaro savdo do‘konida 26 turdagi 255 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotuvga qo‘ygani aniqlandi.
Ushbu mahsulotlar ham belgilangan tartibda musodara qilindi.Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining qalbaki aksiz markalarini tayyorlash va muomalaga kiritish, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni saqlash va sotish hamda alkogol mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritishga oid moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!