Unga ko‘ra, pora olish, pora berish yoki pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarni jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish amaliyoti bekor qilinishi kutilmoqda.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga ilk bor “korrupsiyaga oid jinoyatlar” degan alohida tushuncha va ularning aniq ro‘yxati kiritilmoqda. Bu esa huquqni qo‘llash amaliyotidagi turli talqinlar va chalkashliklarni bartaraf etishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.Shuningdek, xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan firibgarlik uchun javobgarlik ham kuchaytiriladi.
Endilikda bunday jinoyat Jinoyat kodeksining 168-moddasi to‘rtinchi qismiga o‘tkazilib, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi nazarda tutilmoqda.Mazkur o‘zgarishlar korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, jazolarning ta’sirchanligini oshirish hamda davlat boshqaruvida ochiqlik va halollikni mustahkamlashga qaratilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!