$
12141.94 UZS
26.97
162.63 UZS
0.56
14289.85 UZS
29.32
31° Kechasi 18°

7 ta noodatiy va go‘zal xona gullari   

14:57 / 30.11.2019

O‘simliklar dunyosi, hatto xonaki gullar turi ham shu darajada boyki, bir umr uning hayratlantiruvchi yangi turlarini uchratish mumkin. Biz ana shunday xona gullaridan 7 tasini tanishtirmoqchimiz
 
Traxiandra 

Traxiandra – barglarning o‘ziga hos shakli va yorqin ko‘rinishi bilan xona gullarini yoqtiruvchilar orasida tobora ommalashib bormoqda. U Afrika iqlimiga moslashgan. Yaproqlari namlikni saqlash uchun xuddi spiralga o‘xshab buralib olgan. Unga xlorsiz, toza suv quyish lozim. Suvni ko‘pam yoqtiravermaydi. Gulidan xushbo‘y hid taraladi.     

Krassula umbella

Ilmiy nomi Krassula umbella deb yuritiluvchi bu xonaki gul juda noyob nav sanaladi. JAR Qizil kitobiga kiritilgan. Balandligi 25 santimetrga yetadi. Yaproqlari tekis, sariq-yashildan qizil ranggacha bo‘ladi.  Umbella quyosh nurini va toza havoni sevadi, uzoq vaqt suvsiz o‘sishi mumkin.  Qurg‘oqchilik vaqtida yaproqlarini to‘kib, tinch holatga o‘tib oladi. Oq-pushti gullarini uzunligi 10 santimetrgacha yetadi.  

Euforbiya obesa 

Olimlar euforbiya obesa deb ataydigan bu gul sharni, yanayam aniqrog‘i kaktus - qovoqni eslatadi. Kaktusni mamlakatimizning ayrim viloyatlarida “Qaynona tili” deb atalishini bilsangiz kerak. Bu gul 30 santimetrgacha o‘sishi mumkin, eni 5 santimetrdan oshmaydi. Ko‘proq to‘q yashil, gohida salat ranglilari ham uchraydi. Binafsharang yoki qirmizi chiziqlari euforbiyaga o‘ziga hos dekorativ tus beradi.  Kam gullaydi, gullari mayda (3 mm) bo‘lsada, juda yoqimli va o‘tkir. 10 daraja sovuqqacha chidaydi. Qurg‘oqchilikni ham yengil qabul qiladi. Unchalik e’tibor talab qilmaydi, biroq o‘zining ajoyib ko‘rinishi bilan uzoq vaqt yaxshi kayfiyat baxsh eta oladi.       

Meduza boshi 

Bu o‘simlik har tomonga yoyilib ketgan shoxchalari bilan afsonalardagi Gargona meduzasining boshini eslatadi. Yorug‘likka unchalik ham muhtoj emas. Yelvizak va ko‘p suvni yoqtirmaydi. Qishda tuvakdagi tuproq qotib qolmasligi uchun har vaqtda bir martagina suv quyish mumkin. Tabiatda bo‘yi 120 santimetrgacha o‘sadi. Xona sharoitiga moslashgan turining shoxchalari 20 santimetrdan oshmaydi. O‘simlikning hamma qismlari zaharli. Mabodo organizmga tushib qolsa, zaharlaydi. Sharbati terini kuydiradi. Shu sababli meduza boshini uyda saqlamagan ma’qul. 
  
Platisyerium  

Platisyeriumning  bug‘u shoxiga o‘xshash shakli e’tiborni tortadi. Gullamaydi. Vatani Janubi-sharqiy Osiyo. Tabiatda daraxtlar, toshlar, butalarga yondoshib o‘sadi. Xona sharoitida uzoq yillar o‘sishi mumkin. Bir yilda 3 tadan ortiq barg chiqarmaydi. Uning hujayralaridan chiqadigan fitonsid xonani zararli moddalardan tozalaydi va foydali ionlar bilan boyitadi.  Quruq havoni yoqtirmaydi, ko‘p suv ichmaydi. Uning 17 turi mavjud.  

Xavortiya kupera  

Bu gul fanga ma’lum bo‘lganiga 200 yildan oshgan va botanik olim Kuper sharafiga shunday nomlangan. Gohida uni tirik tosh ham deyishadi. Suvli yaproqlari uchida shaffof derazachalari bor. Shu derazachalar orqali yorug‘likni qabul qiladi va suv bilan to‘ldirilgan sharga o‘xshab turadi. Yorug‘likni yoqtiradi. Suv sepish shart emas. Kuper yordamida xonada o‘ziga hos go‘zal landshaft dizaynini yaratish mumkin.
 
Parma – maysa  

Bu dekorativ o‘simlikning yaproqlari parmaga o‘xshaydi. Suvsizlikka o‘ta chidamli. 15 santimetrdan oshmaydigan yaproqlari yaltillab, ochiq yashil rangda tovlanib turadi.  Bahordan yoz oxirigacha gullaydi.  Toshloqni yoqtiradi.  Xona havosini tozalaydi. Kislorod bilan boyitadi.  


Bu ham qiziq

Toshkentda kuchli yomg‘irdan keyin daryoda qolib ketgan baliqchi qutqarildi

Toshkentda kuchli yomg‘irdan keyin daryoda qolib ketgan baliqchi qutqarildi

Toshkent shahar FVBB qutqaruvchilari tomonidan fuqaroning hayoti saqlab qolindi.
09:16 / 11.05.2026
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi joriy yilning noyabr oyida Qatarda o‘tkaziladigan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi joriy yilning noyabr oyida Qatarda o‘tkaziladigan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo Kubogidagi navbatdagi g‘alabasi orqali 2026-yilgi Jahon chempionati ishtirokchisiga ayl…
13:04 / 11.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uch oy oshdi

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket uch oy oshdi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari narxi ketma-ket …
19:05 / 09.05.2026
Buxoroda 40 nafar bolani olib ketayotgan avtobus haydovchisi mast ekanligi aniqlandi

Buxoroda 40 nafar bolani olib ketayotgan avtobus haydovchisi mast ekanligi aniqlandi

Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan Romitan tumanida 40 nafar bog‘cha bolalarini olib ketayotgan avtobus haydov…
09:50 / 11.05.2026
Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni, koʻp millatli butun xalqimizni qutlugʻ ayyom – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinch…
11:59 / 09.05.2026
Toshkentda o‘yinchoq avtomobilda yo‘lga chiqqan bolaga nisbatan holat yuzasidan chora ko‘rildi

Toshkentda o‘yinchoq avtomobilda yo‘lga chiqqan bolaga nisbatan holat yuzasidan chora ko‘rildi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida voyaga yetmagan bola o‘yinchoq avtomobilda katta yo‘lga chiqib, harakatdagi transport …
15:20 / 09.05.2026
AQSh aeroportida dahshatli hodisa: erkakni samolyot urib yubordi

AQSh aeroportida dahshatli hodisa: erkakni samolyot urib yubordi

AQShda samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagida odam urib yubordi.
18:02 / 10.05.2026
Toshkentdagi ko‘plab hududlarni suv bosganidan keyin qanday choralar ko‘rilmoqda?

Toshkentdagi ko‘plab hududlarni suv bosganidan keyin qanday choralar ko‘rilmoqda?

Toshkent shahar hokimligi rasmiy munosabat bilan chiqdi.
10:04 / 12.05.2026
O‘zbekistonda soliq tushumlari 24 foizga oshdi

O‘zbekistonda soliq tushumlari 24 foizga oshdi

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi choragida soliq tushumlari 63,6 trillion so‘mni tashkil etdi.
12:42 / 10.05.2026
Saida Mirziyoyeva Ikkinchi jahon urushi xotirasi haqida fikr bildirdi

Saida Mirziyoyeva Ikkinchi jahon urushi xotirasi haqida fikr bildirdi

Xotira va qadrlash kunida biz tariximizning eng fojiali, shu bilan birga qahramonona sahifalaridan birini yodga olamiz.
13:23 / 09.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!