$
12014.48 UZS
-39.55
166.61 UZS
-0.44
13858.70 UZS
-73.35
31° Kechasi 18°

Zamsh poyabzal xunob qildimi? Uni to‘g‘ri tozalash usullari bilan tanishing

16:20 / 17.11.2019

Zamshdan tikilgan poyabzal chiroyli va dabdabali ko‘rinadi. Ammo zamsh juda injiq mato turi hisoblanadi. Kiyim javonida zamsh poyabzali borlar uning alohida parvarish talab etishini juda yaxshi bilishadi. Shundaymi?

Tayyorgarlik va ehtiyot choralari

Tozalash jarayoniga kirishishdan avval sevimli etigingiz qanday zamsh turidan tikilganligini aniqlab olishingiz kerak. Buni aniqlash uchun bir tomchi suv poyabzal uchiga tomizib ko‘riladi. Agar etik matosi suvni shimib olsa, demak u toza zamshdan tikilgan. Agar suv tomchisi sirg‘alib tushib ketsa, bu sun’iy zamshdan tikilganligini anglatadi. 
Zamsh tez “qiyshayishga” va tez cho‘zilishga moyil bo‘ladi. Namlik yuqori vaqtda u dastlabki ko‘rinishini yo‘qotadi va qo‘pol ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Sun’iy zamshdan tikilgani esa uzoqqa chidamliligi bilan alohida ajralib turadi. Ammo tabiiy zamsh havoni yaxshi o‘tkazadi va oyoq ularda yaxshi “nafas oladi”. Xullas, uni tozalashda quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi:

•  Poyabzal ustini toza salfetkada artish (shu orqali siz poyabzal ustidagi chang va ortiqcha namlikni olib tashlagan bo‘lasiz);
•  Tozalashdan avval u obdon quritib olinadi. Biroq bunda quritgichdan foydalanmasligi kerak;
•  Yumshoq tolali shyotkacha poyabzal ustidagi chang va kirlarni yo‘qotadi. Bunda shyotkani aylanma harakatlar bilan tozalash tavsiya etilmaydi; 
•  Zamsh poyabzalni ko‘p kiyish oqibatida u o‘z rangini yo‘qotishi mumkin. Bu holatda bo‘yovchi moddalardan foydalanishingiz mumkin. Ular etikka nafaqat yangi ko‘rinish beradi, balki uni namlikdan saqlaydi. Bunday vositalarni zamsh mahsulotlari sotiladigan do‘konlardan topish mumkin.

Uy sharoitida tozalash usullari

Kraxmal yoki novshadil spirti
Uncha katta bo‘lmagan dog‘larda bu kabi vositalar juda qo‘l keladi. Buning uchun kraxmal va novshadil spirti olinadi va ular yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashma muammoli sohalar ustiga surtiladi va oradan 2-3 daqiqa o‘tgach, poyabzal ustida qolgan kraxmal silkitib tushiriladi. Ustidan yumshoq tolali shyotka yurgiziladi.

Benzin
Bu vosita etikka yog‘li dog‘lar hosil bo‘lganda foyda qiladi. Paxta tamponcha benzinga ho‘llanadi va dog‘ usti artiladi. So‘ng zararlangan soha nam gubka va quruq sochiq bilan artiladi. Biroq bu holatda gubkani ko‘p ho‘llamaslikka e’tibor bering.    

Sut+iste’mol sodasi+novshadil spirti
Agar zamsh poyabzalingiz nam bosib, qo‘pol bo‘lib qolgan bo‘lsa, quyidagi tavsiya yordam berishi mumkin. ½ nisbatda sut, 2 choy qoshiq iste’mol sodasi, 2-3 tomchi novshadil spirti olinadi. Ularning bari yaxshilab aralashtiriladi va poyabzal yuzasi artib chiqiladi. Qurigach, yumshoq shyotka bilan “tarab chiqiladi”.   

Kraxmal va talk
Yog‘li dog‘larni kraxmal va talk yordamida yo‘qotish mumkin. Dog‘ ustiga ushbu vositalardan biri sepiladi va 6-7 soatga qoldiriladi. Vaqt o‘tgach, kukunning ortiqcha qismi to‘kib tashlanadi va poyabzal ustidan yumshoq shyotka bilan yurgiziladi.

Novshadil aralashmasi
Qishda suv va ortiqcha namlik sabab zamsh poyabzal ustida oq karash qolib ketadi. Uni yo‘qotishda novshadil spirti sizga yordam beradi. Novshadil spirti 1:5 nisbatda suv bilan aralashtiriladi. Suyuqlikda gubka namlanadi va poyabzalning muammoli qismlari artiladi. Ustidan oshxona sirkasi yordamida artish orqali ham vaziyatni yaxshilash mumkin. Barcha vositalardan so‘ng oyoq kiyim yuzasi qog‘oz sochiqda artiladi.

Sovunli aralashma

Кусочки мыла


Qo‘pollashgan zamsh terini sovunli aralashma bilan o‘z holiga qaytarish mumkin. Bir stakan suvga bir osh qoshiq suyuq sovun quyiladi. Aralashma ustiga 6 tomchi novshadil spirtidan qo‘shish ham mumkin. Barchasi yaxshilab aralashtirilib, ko‘pirtirib olingach, unda gubka ho‘llanadi. Poyabzal usti artiladi va 5 daqiqadan so‘ng sovunning ortiqcha qismi nam sochiqda olib tashlanadi.

Bug‘ yordamida tozalash

Zamsh poyabzaldagi chang va kirni oddiygina usul yordamida ketkazish mumkin. Idishga suv olinib, qaynatishga qo‘yiladi, qaynagach suv parida poyabzal tutib turiladi. Bunda etik qizib turgan idishga tegib ketmasligi kerak. Aks holda oyoq kiyimingizda qo‘shimcha kuyish dog‘lari  hosil bo‘ladi. 2-4 daqiqadan so‘ng yumshoq tolali shyotka yordamida tekislab chiqiladi.

Zamsh poyabzalni parvarishlash qoidalari

Zamsh poyabzalingiz ko‘rinishini xarid qilingan ko‘rinishida saqlash uchun quyidagi ko‘rsatmalarni bilib qo‘yish kerak:
•  Bunday poyabzalni oqova suvda yuvish mumkin emas.
•  Uni quritgich yonida quritish ta’qiqlanadi.
•  Zamsh etishni buklangan holatda saqlash mumkin emas.


Bu ham qiziq

Yun Sok Yol 30 yilga qamaldi

Yun Sok Yol 30 yilga qamaldi

Prokuratura uning harakatlari mintaqada keskinlikni kuchaytirgani va davlat xavfsizligiga tahdid solganini bildirdi.
11:49 / 12.06.2026
Bugun, 12-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 12-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

TOSHKENT SHAHRIHavo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gac…
17:41 / 11.06.2026
Farg‘onada gashish sotgan 19 yoshli yigit 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Farg‘onada gashish sotgan 19 yoshli yigit 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullangan
17:45 / 10.06.2026
34 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

34 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 34 kilogrammda…
11:57 / 12.06.2026
JCH–2026 boshlandi: chetlatishlarga boy ochilish uchrashuvida Meksika JARni mag‘lub etdi

JCH–2026 boshlandi: chetlatishlarga boy ochilish uchrashuvida Meksika JARni mag‘lub etdi

11-iyun kuni Mexiko shahrida futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionatiga rasman start berildi.
08:12 / 12.06.2026
“O‘tkan kunlar” sahnasi jonlangan maskan

“O‘tkan kunlar” sahnasi jonlangan maskan

Marg‘ilon shahrida barpo etilgan “Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasi” Farg‘ona vodiysidagi eng yirik …
17:35 / 11.06.2026
“Fransiyaga borish shart emas” — lavanda bog‘i endi O‘zbekistonda

“Fransiyaga borish shart emas” — lavanda bog‘i endi O‘zbekistonda

Fransiyadagi mashhur Provans dalalarini ko‘rish uchun endi minglab kilometr yo‘l bosish shart emas.
12:42 / 11.06.2026
Moskva shahriga amalga oshirilgan uch kunlik tashrif doirasida delegatsiyamiz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasining yuqori martabali

Moskva shahriga amalga oshirilgan uch kunlik tashrif doirasida delegatsiyamiz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasining yuqori martabali

Jumladan, Prezident Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Prezident matbuot kotibi va Adminis…
16:44 / 10.06.2026
O‘zbekistonlik futbol muxlislarining yarmidan ko‘pi AQSH vizasini ololmadi

O‘zbekistonlik futbol muxlislarining yarmidan ko‘pi AQSH vizasini ololmadi

JCH–2026 o‘yinlarini stadionlarda tomosha qilishni rejalashtirgan ko‘plab o‘zbekistonlik muxlislar AQSH vizasini olishda jid…
16:32 / 10.06.2026
3 yoshli bola bog‘cha transportida unutilib, vafot etdi​

3 yoshli bola bog‘cha transportida unutilib, vafot etdi​

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida oilaviy nodavlat bog‘cha xodimlarining e’tiborsizligi sababli 3 yoshli tarbiyalanu…
12:44 / 11.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!